Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Xoland yangi dovonlar sari odimlamoqda

Xoland yangi dovonlar sari odimlamoqda

Baho:
+ | -

Xolandning kechagi rekordi haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Har bir o‘yinga 1,14 gol - Premyer-ligada hech qachon bunday hujumchi bo‘lmagan!

Erling Xoland Premyer-ligada bir mavsumda urilgan eng ko‘p gol rekordini takrorladi.  «Lester» bilan o‘yinda norvegiyalik futbolchi APLdagi 31 va 32-gollarini kiritdi. Saloh 2017/2018 yilgi mavsumda ham xuddi shunday raqamga ega bo‘lgan. Premyer-liga bir mavsumi 38 turlik formatga o‘tganidan buyon boshqa hech kim buncha ko‘p gol ura olmagan.

42 tur o‘ynalgan APLda Endi Koul 1993/1994 yilgi mavsumda «Nyukasl» safida 34 ta gol urgan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib Alan Shirer «Blekbern» safida ham xuddi shunday natijaga erishgan. Shunday qilib, Xoland Salohning rekordini takrorladi, endi u qanday dovon sari intiladi?

33 gol - Premyer-liga (38 turlik format) bir mavsumining yangi rekordi;
34 ta gol – butun turnir tarixidagi rekordning takrorlanishi;
35 gol - yangi mutlaq rekord.
«Siti»ni Premyer-ligada yana sakkiz tur kutib turibdi. «Brayton», «Arsenal», «Fulxem», «Vest Xem», «Lids», «Everton», «Chelsi» va «Brentford» bilan o‘yinlar Xoland uchun sinov bo‘ladi.

Xoland «Siti» safida har bir o‘yinda o‘rtacha bittadan ko‘proq gol urmoqda. Biroq Gvardiola vaqti-vaqti bilan ikkinchi bo‘limda hujumchini almashtirib turibdi, shunga qaramay norvegiyalik futbolchi o‘z ishini qilishda davom etmoqda. Kecha murabbiy tanaffus vaqtida hujumchini almashtirdi.

Hozir norvegiyalik hisobida 28 ta o‘yinda 32 ta gol bor – bu o‘rtacha har bir o‘yinga 1,14 ta gol to‘g‘ri kelishini bildiradi. Premyer-ligadagi to‘purarlarning hech biri hali o‘rtacha har bir o‘yinda bittadan ko‘p gol ura olmagan. Bunga eng yaqin natija Xarri Keyn tomonidan amalga oshirilgan - 0,97 ta gol (2016/2017 yilgi mavsumda 30 ta o‘yinda 29 ta gol).

Kiritildi: 14:59, 16.04.2023.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.