Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Levandovskining o‘yini xavotir uyg‘otmoqda

Levandovskining o‘yini xavotir uyg‘otmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" bundan oldingi ikkita o‘yinni omadsiz o‘tkazdi. Avvaliga kataloniyaliklar Ispaniya kubogi yarim finalida “Real”dan (0:4) alamli mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, keyin La Ligada “Jirona”ga (0:0) gol ura olmadi. Hujumchi Robert Levandovskining o‘yini esa ligada sezilarli darajada pasaygan.

Qatardagi jahon chempionatigacha Levandovski Ispaniya chempionatida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 13 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Shu tariqa, polshalik hujumchi har bir o‘yinda o‘rtacha 0,93 tadan gol urgan. Turnirdan keyin esa Robert 10 uchrashuv o‘tkazdi va to‘rtta gol urdi (har bir o‘yinga o‘rtacha 0,4 gol). Levandovski uchta uchrashuvni diskvalifikasiya, bittasini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi. Agar La Ligada butun mavsumni oladigan bo‘lsak, hujumchi 23 o‘yinda 17 ta golga ega (har bir o‘yinda 0,71).

Ko‘rsatkichlar pasayib ketganiga qaramay, Levandovski La Liga to‘purarlari ro‘yxatida hamon yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi qatorda esa “Real” hujumchisi Karim Benzema u 14 ta gol urdi. JCH-2022dagi tanaffusga qadar fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatida bor yo‘g‘i yettita o‘yin o‘tkazgan, chunki jarohati sabab yettita uchrashuvni o‘tkazib yuborgan. 2022 yilning noyabr oyida Benzema beshta gol urgan bo‘lsa, hozir u 14taga yetdi.

La liga qayta boshlanganidan so‘ng Karim 11 uchrashuvda to‘qqiz marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. "Real Madrid" futbolchisi Levandovskidan farqli o‘laroq, o‘yinida sezilarli o‘sish kuzatildi. Butun mavsum davomida Benzema 18 ta o‘yinda 14 ta gol urdi, ya’ni har bir o‘yinda o‘rtacha 0,78 tadan. Karim uchun bu ko‘rsatkich to‘purarlar poygasi peshqadamidan biroz yuqoriroq.

Levandovskining o‘zi so‘nggi o‘yinlarini jarohat bilan o‘tkazganini ta’kidladi: “Real” bilan kubok o‘yinida Militaodan yoqimsiz zarba qabul qildim. Ikkinchi bo‘limda o‘ynash qiyin bo‘ldi. “Jirona”ga qarshi o‘yin oldidan yurolmay qoldim. Biz fizioterapevtlar bilan ishladik va men maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldim. Men og‘riqdan o‘ynamaydigan futbolchi emasman, doim jamoaga yaqin bo‘lishga harakat qilaman. So‘nggi ikki o‘yin eng yaxshisi bo‘lmadi, mavsum oxirida o‘yinimni kuchaytirishim kerak.

Qancha gol ursam ham hech qachon xursand bo‘lmayman. Jahon chempionatidan keyin o‘yinim pasaydi, ammo oxirgi o‘yinlarda butun jamoa yaxshi harakat qilmadi. Odamlar mendan nimani xohlashlarini bilaman. Umid qilamanki, mavsumning so‘nggi o‘yinlarida avvalgidek o‘ynaymiz”, deydi Levandovski.

2023 yilda Kataloniya klubi 22 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Qizig‘i shundaki, Levandovski - Pedri - Usmon Dembele triosi atigi uchta uchrashuvda birga maydonga tushgan. Bu Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogining ikkita o‘yini va "Real Sosedad" bilan kubok o‘yini edi. Ushbu uchrashuvlarda Levandovski “gol+pas” tizimida 3 (2+1) ochko jamg‘argan bo‘lsa, Pedri va Dembele bittadan gol urishdi. Hozir ispan va fransuz jarohat olganlar ro‘yxatida, ular yo‘qligida polyakning ko‘rsatkichi sezilarli darajada pasaygan.

Nufuzli Marca nashri vaziyatni quyidagicha baholaydi: “Levandovski bilan bog‘liq vaziyat xavotirli tus olmoqda. Hozir jamoaga chinakam polyak kerak, lekin uning ko‘rsatkichi pasayib ketdi. "Barselona"ning yo‘qotishlari juda sezilarli, garchi rahbariyat bunga e’tibor qaratmayapti. Qolganlar vaziyatni yaxshilashga harakat qilishyapti, ammo oxirgi o‘yinlarda unchalik yaxshi harakat qilishmayapti. Ayrim o‘yinlarda Levandovski ko‘rinmayapti. To‘p unga yetib bormaydi va u vaziyatlar yaratmaydi”.

Ammo “Barselona” bosh murabbiyi Xavi vaziyatni xotirjamlik bilan baholadi: “Meni Levandovskining o‘yini emas, faqat chempionlik haqida qayg‘uraman. "Jirona"ga qarshi o‘yinda bizda samaradorlik yetishmadi, shu bois o‘zimizni tanqid qilishimiz kerak. Afsuski, “Real”dan ochkolar sonini 15taga yetkazish imkoniyatini qo‘ldan boy berdik”.

Balki Pedrining qaytishi bilan vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarar. Hozir ispaniyalik o‘zini yaxshi his qilmoqda, biroq uning qachon maydonga qaytishi hozircha noaniq.

Kiritildi: 15:27, 16.04.2023.
O'qildi: 3798 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.