«Barselona» prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubining buyukligi haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, dunyodagi aksariyat futbolchilar «ko‘k-anorranglilar» safida to‘p surishni orzu qiladi.
Laporta Kataloniya klubining mavqeini yanada mustahkamlash va yuksaltirish niyatida ekanligini qayd etdi.
«Futbol olamidagi aksariyat futbolchilar «Barsa»ga o‘tishni xohlashadi va bu bizni faxrga to‘ldiradi. Biz «Barsa»ni yanada buyukroq qilishda davom etamiz!» — dedi Laporta.
Yakunlangan mavsumda «Barselona» La Liga va Ispaniya Kubogida g‘olib chiqdi. Kataloniyaliklarning asosiy raqibi — Madridning «Real» klubi esa o‘tgan mavsumni sovrinsiz yakunladi.













