Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

"Golden Boy" sovrinini qo‘lga kiritgan eng muvaffaqiyatli futbolchilar: Messidan Pogbagacha

"Golden Boy" sovrinini qo‘lga kiritgan eng muvaffaqiyatli futbolchilar: Messidan Pogbagacha

Baho:
+ | -

1. Lionel Messi (2005)

Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri, shubhasiz Messidir. Uning nomi Runi va Podolskidan oldin e’tirof etiladi. Bunga yetarlicha sabablar bor. Messi 2005 yilda bu sovrinni qo‘lga kiritgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, amaldagi jahon chempioni "Oltin to‘p"ga erishadi. Shundan beri Messi yana oltita "Golden Ball" bilan taqdirlangandi. Uning hozirgacha bo‘lgan tarixini esa yaxshi bilasiz.

2. Ueyn Runi (2004)

Runi 2004 yilda eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan. Ammo u paytda ingliz hujumchisi allaqachon "MYU" futbolchisiga aylangandi. Bu sovrin Runiga "Everton"dagi o‘yinlari va Angliya termasidagi porlashi ortidan beriladi. O‘shanda nominasiyada bor futbolchilar Ronaldu va Torres edi. Runi esa ularni mag‘lub etadi.

3. Kilian Mbappe (2017)

2016-17 yilgi mavsumda Mbappe "Monako" safida Fransiya chempioniga aylanadi. Shu sabab u "Golden Boy" sovrinini olishda Usmon Dembele va Gabriel Jezusni mag‘lub eta olgandi. Shu voqearan bir yil o‘tib, hujumchi Fransiyani Jahon chempioniga aylantiradi. U bu ishni 2022 yilda ham uddalishga sal qolgandi.

4. Sesk Fabregas (2006)

Fabregas sovringa ega chiqqanida, allaqachon APLdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biriga aylanib ulgurgandi. U uch yil oldin "Barselona"dan olib kelinadi. 2011 yilda futbolchi yana o‘z klubiga, Kataloniyaga qaytadi. Fabregas "Chelsi"ga 2014 yilda o‘tib, ikki bor APLda chempionlikni qo‘lga kiritgan. U ikki bor Ispaniya tarkibida Yevropa chempioni, bir marta esa Jahon chempionati g‘olibiga aylangan.

5. Serxio Aguero (2007)

Aguero "Atletiko"ga o‘tganidan keyin bir yil ichida "Golden Boy" deb topiladi. U 15 million funt evaziga "Independyente"dan xarid qilinadi. Madrid klubi argentinalik hujumchini "Manchester Siti"ga sotganida, uning transferidan ikki barobar foyda ko‘rgandi.

6. Raxim Sterling (2014)

Sterling bu sovringa o‘sha paytdagi jamoadoshlari bo‘lgan Lazar Markovich hamda Divok Origi bilan birga kurashadi. "Liverpul"dan u 2015 yilda "Manchester Siti" tomon yo‘l olgandi. Ingliz hujumchisi u yerda 4 marta APL g‘olibi bo‘ladi. Shuningdek, futbolchi 2019 yilda Angliyada eng yaxshi deb topiladi.

7. Erling Xoland (2020)'

2020 yilgi sovrin g‘olibligini qo‘lga kiritgan hujumchi, "Manchester Siti"da aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda. U o‘tgan yozda "Borussiya Dortmund"dan 60 million funt evaziga sotib olingandi.

8. Rafael van der Vaart (2003)

Tarixdagi ilk "Golden Boy" sovriniga ega chiqqan futbolchi van der Vaart edi. U o‘z davrida "yangi Yoxan Kroyf" deya ta’rif berilgandi. "Ayaks"da porlagan yulduz, klub akademiyasida tarbiya topadi. U yerdan keyin hujumchi "Gamburg"ga yo‘l olgan. Van der Vaart Niderlandiya bilan 109 ta o‘yin o‘tkazgan edi.

9. Isko (2012)

2012 yilda sovrinni yutishi bilan, ispan futbolchisi "Real" tomon ketadi. U yerda yarim himoyachi besh marta YECHLda zafar quchadi. 3 marta esa Ispaniya chempioni bo‘ladi. 30 yoshli futbolchi bir muddat "Sevilya"da harakay qilgach, hozirda erkin agent sifatida taklif kutmoqda.

10. Pol Pogba (2013)

Pogba Jahon chempioni bo‘lishga erishgan. U 2013 yilda "Golden Boy" sovriniga loyiq ko‘riladi. O‘shanda u "Yuventus" safida porlagandi. Oradan 3 yil o‘tgach, Pogba rekord summada "MYU" o‘tgandi. Ayni damda fransuz yarim himoyachisi yana Turinga qaytgan. Ammo bu qaytishni omadli deya olmaymiz.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 17:17, 17.04.2023.
O'qildi: 2029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.