Italiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Fiorentina” o‘z maydonida “Atalanta” bilan durang o‘ynadi – 1:1.
Mehmonlar safida Yoakim Mexle uchrashuvning 37-daqiqasida gol urdi. Mezbonlar tarkibida 56-daqiqada Artur Kabral penaltini aniq amalga oshirib, javob qaytardi.