"Barselona" Yevropaning top-ligalarining ko‘plab top-klublari e’tiborida bo‘lgan "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xyoylundni sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Sport nashrining xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" daniyalikga "Atletiko Paranaense" 50 million yevrodan ko‘proq tovon puli talab qilayotgan Vitor Rokega muqobil sifatida qaramoqda.
20 yoshli Xyoylunn "Atalanta" safida debyut mavsumini o‘tkazmoqda. U A Seriyada yettita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Daniyalikning transferi avvalroq "Manchester Yunayted", "Bavariya", "Yuventus" va boshqa ko‘plab jamoalar tomonidan ko‘rib chiqilgan.













