Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon 0-1 Iroq
19/11 21:00 BAA 5-0 Qatar
19/11 23:15 Bahrayn 2-2 Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt 1-1 Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay

Asensio “Real”da qolishga loyiqmi?

Asensio “Real”da qolishga loyiqmi?

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio klub transferlarsiz mavsum davomida qanday yaxshilanishi mumkinligiga misol bo‘ldi. Butun mavsum davomida "Real Madrid" futbolchi bilan shartnomani uzaytirmasligi haqida mish-mishlar tarqaldi. OAV Asensioning kelajagini Madridning eng ashaddiy dushmani “Barsa” bilan bog‘ladi. Marko "Real Madrid"ning asosiy o‘yinchilari guruhiga kirmasdi, vaqti-vaqti bilan zaxira o‘rindig‘idan o‘rin olardi. Biroq, so‘nggi bir necha oy ichida Asensio yana porlay boshladi.

2022/2023 yilgi mavsumning birinchi qismida yarim himoyachi atigi uch marta 90 daqiqa maydonda harakat qildi: noyabr oyida "Rayo Valekano"(3:2), shuningdek, "Leypsig" (2:3, oktyabr ) va “Seltik” (5:1, noyabr) bilan Chempionlar ligase o‘yinlarida. Asosan Karlo Anchelotti ispaniyalikni 10-15 daqiqaga zaxiradan maydonga tushirdi, bu vaziyatda Markoning o‘zini ko‘rsatishga vaqti kam edi. O‘yin vaqtidan norozilik fonida matbuotda Asensioning 2023 yilning yozida "Barsa"ga ketishi haqidagi ma’lumotlar faol ravishda tarqaldi. Uning "Real" bilan shartnomasi iyun oyida tugaydi, shuning uchun yarim himoyachi qishdan boshlab boshqa jamoalar bilan bemalol muzokara olib borishi mumkin edi. "Barselona" Asensioning agenti Jorje Mendesh bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga chiqqan.

Mart oyida nufuzli The Athletic jurnalisti Mario Kortegana Asensio "Real"dan yangi shartnoma bo‘yicha taklif olgani, ammo bu unga mos kelmagani haqida xabar bergan edi. Insayderning qayd etishicha, futbolchi jamoada yetakchi rol o‘ynashni va maoshini sezilarli darajada oshirishni xohlaydi. Marca shuningdek, Asensio shartnomani yangilashdan ko‘ra "Real"dan ketishga yaqinroq ekanini ta’kidladi. Biroq, Madrid klubi Marko uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoldi va u o‘zi xohlagan narsaga erishish uchun o‘zining muhimligini isbotlamoqchi edi.

Nozik psixolog Anchelotti futbolchining kayfiyatini tushunib, unga tez-tez ishona boshladi. Asensio esa imkoniyatlardan mukammal foydalandi. Fevral oyi boshidan beri Marko Ispaniya chempionatida oltita gol urdi, shuningdek, Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida "Chelsi" darvozasiga urilgan golga mualliflik qildi. Asensio zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng urilgan gollar bo‘yicha turnir rekordini mustahkamladi. Yarim himoyachi 71-daqiqada maydonga tushdi va 74-daqiqadayoq gol urdi. Bu Markoning turnirda zaxiradan maydonga tushganidan beri to‘qqizinchi goli bo‘ldi, u Ole-Gunnar Sulsher, Tomas Myuller va Karim Benzemani (barchasi 7tadan) ortda qoldirdi.

2023 yilning fevraligacha Asensio atigi uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi, fevral-aprel oylarida esa 7+1 natijani qayd etdi. Marko tez-tez hujum triosida paydo bo‘la boshladi, shuningdek, o‘yin vaqti ko‘paydi.

“Umid qilamanki, Asensio “Real”da qoladi. Jamoada Markodek futbolchi bo‘lishi juda muhim, u istalgan daqiqada urilgan gollar va golli uzatmalarda yordam bera oladi. Men unga ishonaman va u doim gol uradi!”, deya ta’kidlagan Anchelotti.

Aprel oyi o‘rtalarida The Athletic Asensio "Real" bilan shartnomasini uzaytirishi haqida xabar bergan edi. “Biz kelishuvga erishamiz”, dedi muzokaralarda ishtirok etgan manbalardan biri. Vaziyatga Anchelotti ta’sir ko‘rsatdi va u bir necha bor rahbariyatga futbolchini tarkibda saqlab qolmoqchi ekanligini ta’kidlagan. Markoning "Real" bilan yangi shartnomasi 2027 yoki 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. “Asensio o‘tgan mavsumdagidek saviyani ko‘rsatmoqda. Balki u kamroq o‘ynagandir, lekin u har doim natija ko‘rsatgan. U muhim futbolchi”, - dedi murabbiy La Liganing “Kadis” bilan o‘yinidan so‘ng.

Statistikaga ko‘ra, bu mavsumda Asensio 10 + 6 natijani ko‘rsatib, "Real"dagi eng yaxshi mavsumini takrorlashga yaqin turibdi. 2017/2018 yilgi mavsumda uning hisobida 11+6 natijasi bor edi. Demak, deyarli 100% ehtimollik bilan joriy o‘yin yili Madrid klubi libosidagi futbolchi uchun eng yaxshisi bo‘ladi. Yangi shartnoma o‘z imkoniyatidan unumli foydalangan Asensio uchun munosib mukofot. Endi esa Marko faoliyatidagi to‘rtinchi Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritmoqchi.

Kiritildi: 18:12, 18.04.2023.
O'qildi: 2430 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.