Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Shavkat Mullajonov: “Olimpiya”ning asosiy maqsadi, iqtidorli, yosh futbolchilarni tarbiyalab berish”

Shavkat Mullajonov: “Olimpiya”ning asosiy maqsadi, iqtidorli, yosh futbolchilarni tarbiyalab berish”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi “F” guruhi, 1-turidan o‘rin olgan “Olimpiya” – “Navbahor” (1:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Olimpiya” bosh murabbiyi Shavkat Mullajonov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Mezbonlar ustozi o‘z so‘zini odatdagidek o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Assalomu alaykum! Ushbu o‘yin men uchun ham faoliyatimdagi yangilik bo‘ldi. Birinchi ligada qanday, Superligada qanaqa o‘ynash lozimligini bilib oldim. Jamoamiz yosh. O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga chiqqanligimiz yigitlarga motivasiya, tajriba to‘plash imkoniyatini beradi. Yigitlarda tajriba yetishmagan bo‘lsada, ishtiyoq kuchli bo‘ldi. Bu yerda hisobning qandayligi emas, asosan tajriba to‘plash, chiroyli o‘yin ko‘rsatish asosiy maqsadimiz bo‘ldi. Bir paytlari "Navbahor"ga muxlislik qilgan futbolchilar endi ushbu jamoaga qarshi maydonga tushishdi.

- Shogirdlaringiz gol urishganidan so‘ng, ularda ishtiyoq kuchayib ketdi. Ammo himoyani esdan chiqarishdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Jamoamiz asosan yoshlardan iborat. Ishtiyoq bo‘lgani bilan baribir raqib qarshi hujumda jazolab ketdi. Endi tajribali raqibga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bilib oldik. Bu jamoamizning endigina ikkinchi yoki uchinchi o‘yini va kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Keyingi bahslarda ushbu xatolar ustida ishlaymiz.

- Mabodo, “Olimpiya” o‘z darvozasidan 3-to‘pni olib chiqmaganida, sizningcha, o‘yin natijasi qanday tus olgan bo‘lardi?

- Ikkita to‘p farqi bilan ortda borayotganimizda, shogirdlarim hisobni qisqartirishganidan so‘ng, yigitlarda ishtiyoq kuchaygandi. Ammo o‘z darvozamizdan uchinchi to‘pni olib chiqqanimizdan so‘ng, ularning ruhiyati “sinib” qoldi. Butun uchrashuv davomida kuchli raqibga qarshi pressing qo‘llash qiyin ekan.

- “Olimpiya” yosh jamoa va “Navbahor” singari kuchli raqibga qarshi maydonga tushish futbolchilar uchun foyda bo‘lsa kerak?

- Albatta, bu yosh futbolchilarga foyda beradi. Bunday o‘yinlarda natija muhim emas, asosiysi, tajriba to‘plash. O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasidan o‘rin olgan keyingi 2 ta uchrashuvdan so‘ng, yigitlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonch yanada ortadi, menimcha. Bu 15-17 yoshli futbolchilar uchun tajriba to‘plash imkoniyatini berishi tabiiy.

- Bu endi jamoaning kelajagiga oid savol. “Olimpik”, “Olimpik-farm” jamoalaridan so‘ng, “Olimpiya”ning oldiga Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yiladi. Mabodo, Xudo ko‘rsatmasin, bu missiya o‘xshamay qolsa, bu jamoaning kelajakdagi rejalariga salbiy ta’sir o‘tkazmaydimi?

- “Olimpiya”ning asosiy maqsadi, iqtidorli, yosh futbolchilarni tarbiyalab berish. 2006-2007 yillardan tug‘ilgan futbolchilardan tashqari, ulardan keyingi avlod futbolchilari yetishib chiqishmoqda. Bir davra o‘ynaganimizdan so‘ng, futbolchilarimizga boshqa kuchli jamoalardan takliflar bo‘lsa, biz xursand bo‘lamiz va bajonidil o‘sha taklifni qabul qilamiz. Bu futbolchilarning o‘zlariga ham yaxshi. Odil Ahmedov akademiyasining asosiy maqsadi, o‘zbek futboliga iqtidorli futbolchilarni yetkazib berish.

Kiritildi: 09:04, 20.04.2023.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.