Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Bundesliga yakunlanishiga 5 tur qoldi. Chempionlik kurashi qanday kechadi?

Bundesliga yakunlanishiga 5 tur qoldi. Chempionlik kurashi qanday kechadi?

Baho:
+ | -

Yangi o‘yin va "Bavariya"ning yangi sovg‘asi. Bu safar myunxenliklar “Mayns”dan mag‘lub bo‘lishdi(3:1). Tuxel Nagelsmanning butun mavsumdagi mag‘lubiyatlari sonini 7ta o‘yinda qayd etib qo‘ydi.

Nagelsmanning ishdan bo‘shatilishi natija bermadi, Tuxel qo‘l ostida "Bavariya" juda nuqsonli o‘yin ko‘rsatyapti.

• “Bavariya” Chempionlar Ligasi, Germaniya kubogi chiqib ketdi va yakunlanishiga besh tur qolganda Bundesliga peshqadamligini boy berdi.

• Jamoa qatorasiga 4 uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi - 2 mag‘lubiyat va 2 durang.

• "Bavariya" kam gol uryapti. Juda kam: oltita o‘yinda atigi 5 ta gol. Yagona o‘sish Tuxel qo‘l ostidagi birinchi o‘yinda, myunxenliklar Dortmundni mag‘lub etganda (4:2) yuz berdi.

"Bavariya" 2020 yildan beri "Mayns"ni mehmonda mag‘lub eta olmayapti - bu ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat.

Bu voqealardan unumli foydalangan dortmundliklar "Ayntraxt"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘ringa chiqib oldi. “Borussiya” klubi tarixda birinchi marta Bundesliganing bir mavsumida ketma-ket 9 ta uy o‘yinda g‘alaba qozondi.

Hozirda "Borussiya" jadvalni boshqaryapti, ammo "Bavariya"ning chempion bo‘lish imkoniyati hali ham 63%ni tashkil qilyapti.

Dortmundliklar raqibni bir ochkoga ortda qoldirmoqda. To‘plar farqi va shaxsiy uchrashuvlar statistikasi “Bavariya” foydasiga (2:2 va 4:2), shuning uchun “Borussiya”ni ochkolar tengligi qanoatlantirmaydi.

Jamoalarni oldinda uchta uy va ikkita safar o‘yinlari kutib turibdi.
“Mayns” endi “Borussiya”ning kuchini sinab ko‘radi. Dortmundda ulardan tashqari "Volfsburg" va "Boxum" bilan o‘yin bor.

"Bavariya"ni jiddiy raqib "Leypsig" kutib turibdi.

Five Thirty Eight superkompyuteri baribir “Bavariya”ning imkoniyatini yuqori baholayapti. Myunxen klubi chempionligi 63% deb baholanmoqda, Dortmundning imkoniyatlari 36%.

Kiritildi: 15:19, 23.04.2023.
O'qildi: 1522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.