Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Futbol imperiyasi gegemonlari

Futbol imperiyasi gegemonlari

Baho:
+ | -

O‘zining salqin ichimliklari bilan mashhur bo‘lgan «Red Bull» kompaniyasi futbol olamidagi faoliyatini ham tobora kuchaytirib bormoqda.

Ko‘pchilik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan «Leypsig», «Zalsburg», «Nyu-York», «Bragantino» va bir qator boshqa jamoalar uning tasarrufida. Kompaniya Avstriyada bo‘lgani sababli, futbol klublari xaridi ham shu mamlakatda boshlangan. 2005 yilda «Red Bull» 1933 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan «Austriya» klubini sotib olgan va qisqa vaqt ichida o‘rtamiyona jamoani chempionatning mutlaq peshqadami darajasiga olib chiqqandi.

Oradan ma’lum muddat o‘tgach, kompaniya Germaniyaning 5-divizionida to‘p suradigan jamoani xarid qilib, uning zaminida «RB Leypsig» klubini shakllantirdi. Taajjubki, bu jamoa atigi 7 yil ichida Bundesligaga ko‘tarilib, YECHL yo‘llanmasi uchun kurashadigan doimiy da’vogarga aylandi.

«Red Bull» jamoalaridagi shiddatli taraqqiyotning asosiy sabablaridan biri - kompaniya tomonidan ajratilayotgan sarmoyalardir. Ular yordamida mashg‘ulot bazalaridagi sharoitlar yaxshilandi, murabbiylarning malakalari o‘sdi. Ana shu investisiyalar evaziga bir qator mamlakatlarda futbol saviya­si ko‘tarildi. Shuningdek, yosh iqtidorlar tarbiyalashga bo‘lgan e’tibor oshirildi.

Klublar tayyor futbolchilar ortidan quvmaydilar, buning o‘rniga, mukammal darajada shakllangan skautlik tizimidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Sadio Mane, Erling Xoland, Yoshko Gvardiol va Timo Verner kabi yuksak mahorat sohiblari ana shu izlanishlar mahsuli desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Biroq «Red Bull»ning futbol olamidagi ishtiroki qarama-qarshiliklarsiz, silliqqina kechayotgani yo‘q. Ayrim fanatlar fikricha, kompaniyaning bir necha klublarga egalik qilishi halol raqobat prinsiplariga zid, ularga boshqa jamoalarga nisbatan ustunlik beradi. Boshqa bir guruh vakillari esa kompaniyani sportning o‘ziga emas, balki marketing va brendingga qaratganlikda ayblamoqdalar.

Shayx Mansurning imperiyasi ham «Red Bull»dan qolishmaydi. City Football Group (CFG) - dunyoning turli burchaklaridagi 10ta jamoani boshqaradigan ko‘pmillatli tashkilot, flagman klubi - «Manchester Siti». CFG 2014 yilda tashkil etilgan, aksiyalar paketining nazorati shayx Mansur bin Zayd al Nahyon tasarrufidagi xususiy investisiya kompaniyasi izmida.

Futbol klublari guruhining bayroqdoriga aylangan «Manchester Siti» muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Investor kelganidan keyin jamoa ko‘plab milliy sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Guruhdagi boshqa jamoalar ham samarali to‘p surishmoqda. Masalan, 2019 yilda «Nyu-York Siti» o‘zining dastlabki chempionligiga erishdi, «Jirona» esa katta sarmoyalarga ega bo‘lmagan holda La Ligada risoladagidek o‘yin ko‘rsatmoqda. 2021 yilda kompaniya Moskvaning «Spartak» klubi aksiyalarining bir qismini xarid qilishi haqida gap-so‘zlar tarqagan, OAVda CFG vakillari muzokaralar o‘tkazish maqsadida «Otkro‘tiye Arena»ga tashrif buyurishgani ma’lum qilingandi. Biroq qandaydir sabablarga ko‘ra, kelishuv amalga oshmay qoldi.

Futbol imperiyalari juda ko‘p tanqidlarga duch keladilar. So‘nggi paytlarda satellit-klublarning rivojlanishi tezlashib ketdi. Boisi, imperiyadagi jamoalarning bir qismi o‘z yetakchilarining ravnaqi uchun ishlashadi. Masalan, «Manchester Siti»da yuz berayotgan jarayonni «Leypsig»da ham ko‘rish mumkin. «Red Bull»ni Avstriyada ham, Germaniyada ham unchalik xush ko‘rishmaydi. «Siti» imperiyasidagilarni klublar muxlislarining noroziliklari umuman qiziqtirmaydi. «Udineze», «Uotford» va «Granada» jamoalari tasarrufini olgan Possolar oilasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu klublar sohiblari o‘z futbolchilarini qaysidir begona klub ilib ketmasligi uchun o‘zaro oldi-sotdi qiladilar.

«Red Bull» jamoalari o‘rtasida «Zalsburg» o‘yinchilarini «Leypsig»ga sotish urf bo‘lgan. Qudratli moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan nemis klubi futbolchini xarid qilib, keyin Avstriyaga ijaraga berib yuborishi mumkin. Muxlislar e’tirozlarini jurnalist Kristian Falk quyidagicha izhor etdi: «Agar shunaqa transferlar boshqalarga namuna bo‘lsa, futbol xavf ostida qoladi. Etika normalariga mutlaqo zid bo‘lgan bunday kelishuvlarga hech qachon duch kelmagandim».

Frenk Lempard voqeasi buni yaqqol isbotlaydi. Angliyalik taniqli yarim himoyachi «Chelsi»ni tark etgach, «Nyu-York Siti» bilan shartnoma imzoladi, lekin ummon ortida maydonga tushmay, «Manchester Siti»ga «surgun» qilindi. Tabiiyki, suyukli afsona bilan yuz bergan bu makkorona «rokirovka» «ko‘klar» muxlislarini qattiq ranjitdi.

Shuningdek, UEFAning «RB Zalsburg» klubiga yevrokubok musobaqalarida ishtirok etish huquqini berganligi ham muxlislarning yanada jiddiyroq qahr-g‘azablariga sabab bo‘ldi. Assosiasiya reglamentiga binoan, klublar o‘rtasidagi xalqaro musobaqalarda farm-klublarning qatnashishi taqiqlangan. Chunki bu sportdagi raqobatbardoshlik prinsiplariga ziddir. Biroq UEFAning Arbitraj palatasi bu masalada surishtiruv ishlarini olib bordi va... har 2 klubni YECHLda ishtirok etishga haqli, deb topdi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:50, 25.04.2023.
O'qildi: 3071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.