Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ko‘cha futbolidan "Qirollik klubi"gacha yo‘l

Ko‘cha futbolidan "Qirollik klubi"gacha yo‘l

Baho:
+ | -

Emilio ispan futboliga ko‘p narsa bera oldi. Uning o‘yinlari hozirgi zamonaviy futbolning boshlang‘ich bosqichini boshlab beradigan davrga to‘g‘ri kelgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan Butragenoning  maydon markazidagi harakatlari eski futbolda kamyob hodisa edi. Qahramonimiz xujumchi bo‘lishiga qaramay maydon markaziga ko‘p bor qaytib o‘zi xujum yaratishda faol ishtirok etardi. Bunday harakatlar hozirgi zamonaviy futboldagi yolg‘onchi to‘qqiz harkatiga qiyoslanadi. 

    Emilio ko‘cha futboli havosi bilan nafas oldi. Ko‘cha futboli uning yoshligining ajralmas qismi edi, lekin tez orada qahramonimiz "Real Madrid" akademiyasiga o‘qishga kirdi va u yerda "Real Kastilya" jamoasida to‘p surdi.

"Real Madrid" - 1983-1995

1983-1984 yilgi mavsumda "Real Kastilya" Segundani yutdi va o‘sha paytdagi "Madrid" bosh murabbiyi Alfredo di Stefano Emilio Butragenoni asosiy jamoa o‘yinlariga olib keldi. murabbiy Di Stefano "qirollik klubi" bilan birorta ham kubokni qo‘lga kiritmagan, lekin bularning barchasini faqat Butragenoni jamoaga jalb qilgani bilan oqlashimiz mumkin. Butrageno o‘zining birinchi mavsumida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va keyingi yildan u jamoaning kerakli futbolchisiga aylandi. Texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchi raqib jarima maydonchasida o‘zini yaxshi his qildi. Butrageno har qanday epizodda ham zarba bera olishi va buni ayyorlik bilan ijro etish qobiliyati tufayli "Vulture" laqabini olgandi.

Vulture- bu so‘z oyiniga aylanib ketgan atama edi. Aslida (ispan tilida "El Butre" - tulki) va bu laqabni jurnalist Xulio Iglesias futbol olamiga kiritgan. Avvaliga u "Kastilya" bitiruvchilari orasida "beshta tulki" mavjud degandi (uning tarkibiga Emilio Butrageno, Migel Mishel, Martin Vaskes, Migel Pardesa va Manolo Sanches kiradi), lekin keyinchalik bu laqab faqatgina qahramonimizga tegishli bo‘lib qolgandi.

  1985 yilda meksikalik hujumchi Ugo Sanchez "Atletiko" dan "Real" ga transfer qilindi va u Butrageno bilan futbol tarixidagi eng ko‘zga ko‘ringan hujumchilar juftligini tashkil etdi. Mana, ularning keyingi besh yillik umumiy gollari soni: 23, 45, 41, 39 va 48 gol va bu faqat chempionatda! Sanches Butragenodan ko‘proq gol urardi. Bu futbolchilarning vazifalar taqsimlanishi bilan bog‘liq edi. Meksikalik nayzaning uchi ya’ni hammasini yakunlovchi edi, ispaniyalik esa maydon markazida ko‘proq harakat qilardi.

Xujumchining fantastik o‘yini "Real" natijalariga ham ta’sir ko‘rsatdi - 1986 yilda, 6 yillik tanaffusdan so‘ng, "Qirollik klubi" chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi va ketma -ket besh mavsum bu chempionlikni munosib himoya qilib keldi. Emilio Butrageno haqli ravishda "Real Madrid" afsonasi va ramzi maqomini oldi, shu paytgacha u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 7 -o‘rinni egallab turibdi. Emilio Butrageno haqli ravishda "Real Madrid" afsonasi va ramzi maqomini oldi, shu paytgacha u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 7 -o‘rinni egallab turibdi. Qahramonimiz “qirollik klubi”da o‘z faoliyatini yakunlashni istardi. Ammo hali o‘zini bemalol yaxshi futbol ko‘rsatishga qodir hisoblagan Butrageno endi “Galaktikos”ga kerak emas holatda edi. Unga bir nechta ispan klublaridan takliflar bo‘lgan, lekin u Meksikaga ketishni tanlagan, chunki u o‘zining sevimli jamoasiga qarshi maydonga tushishi hoxlamas edi. 

"Atletiko" (Selayya), Meksika - 1995-1998

Butrageno uch yil davomida "Atletiko Selayya”da o‘ynadi. U yerda u 91 ta o‘yinda 29 ta gol urib, yaxshi ko‘rsatgich qayd etdi. Aytgancha, Meksikada Butrageno, Ugo Sanches va Migel Mishel bilan bir klub safida o‘ynagan.

 Ispaniya terma jamoasi - 1984-1994

 Ispaniya terma jamoasi uchun Emilio Butrageno debyut o‘yinini 1984 yil oktyabr oyida UYElsga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazgan. Butrageno 69 ta o‘yin o‘tkazib va 26 ta gol urgan (Ispaniya termasida 7–raqamli to‘purar), ikkita jahon va bitta Evropa chempionatida qatnashgan.To‘g‘ri, ispanlar bu turnirlarda porlashmagan - Evro -1988da ular guruhdan chiqisholmaganlar va ikki yildan so‘ng Jahon chempionatida pley-offning birinchi bosqichida Yugoslaviya terma jamoasiga yutqazishgan. Milliy terma jamoada sovvrin yutishga eng yaxshi imkoniyat 1986 yilda bo‘lgandi. Meksikada bo‘lgan jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi chorak finalga chiqishni eplagan, Emilio turnirda beshta gol urishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan to‘rttasi 1/8 finalda daniyaliklarga. Ammo afsuski, ispanlar yarim finalda Belgiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:57, 30.04.2023.
O'qildi: 2560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.