"PSJ" bosh murabbiyi Kristof Galtye "Loren"ga qarshi o‘yinda himoyachi Ashraf Hakimining muydondan chetlatilishi haqida gapirdi.
"Ashrafning bunchalik asabiy bo‘lishi uchun hech qanday sabab yo‘q edi. U butun hafta davomida umumiy guruhda bamaylixotir mashq qildi. U birinchi sariq kartochkasini juda tez oldi, ikkinchi sariq kartochkasi esa nihoyatda ahmoqlik edi. Bu jamoaning o‘yiniga ta’sir qilmay qolmadi", - deydi "PSJ" ustozi.