Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Arteta: "Chelsi" kelasi mavsum 100 ochko jamg‘arishi mumkin"

Arteta: "Chelsi" kelasi mavsum 100 ochko jamg‘arishi mumkin"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Chelsi"ning o‘zgarishlari kelasi mavsum jamoaning raqobatbardoshligiga qanday ta’sir qilishi haqida gapirdi. London klubi xo‘jayini Todd Boeli so‘nggi ikki transfer oynasida yangi o‘yinchilar uchun 540 million funt sterling sarmoya kiritdi.

"Chelsi" kelasi mavsumda 100 ochko to‘plashi mumkin. O‘zlarining ajoyib iste’dodi bilan agar ular bu ishni uddalashsa, ular hamma narsaga qodir bo‘ladi. Chunki buning uchun klubda futbolchilar, infratuzilma va tarix bor. Men nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligini baholay olmayman, chunki buni ular o‘zgarishlar kiritgan paytdan boshlab ikki oy ichida qilish mumkin emas - bu adolatsizlik.

O‘yinchilar o‘rtasidagi bu nozik muvozanatni topish juda qiyin. Ularni imzolashda siz eng yaxshi niyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin, ammo o‘yinchi jamoaga moslashishi va murabbiy, jamoadoshlari, klub xodimlari bilan til topishishi va mamlakatga moslashishi kerak. Bu umuman oson emas, shuning uchun men bunday qarorlarni qabul qilgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Arteta klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 14:45, 02.05.2023.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.