Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Komo" o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

"Komo" o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Bugun, 10 may kuni Italiya A Seriyasining 36-turi doirasida "Komo" jamoasi safarda "Verona" ustidan g‘alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyat Sesk Fabregas shogirdlariga turnir jadvalining 5-pog‘onasiga ko‘tarilish imkonini berdi.

E’tiborli jihati shundaki, qolgan ikki tur natijasidan qat’i nazar, "Komo" 6-o‘rindan pastga tushib ketmaydigan bo‘ldi. Bu esa klub o‘z tarixida ilk bor 2026/2027 yilgi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etishini anglatadi.

Ma’lumot uchun, Italiya chempionatida 6-o‘rinni egallagan jamoa Konferensiyalar ligasiga, 5-o‘rin esa Yevropa ligasiga yo‘llanma beradi. Kuchli to‘rtlikdan joy olgan klublar esa mamlakat sharafini Chempionlar ligasida himoya qiladi.

"Komo" mavsumning qolgan ikki turida "Parma" va "Kremoneze" jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yinlar jamoaning aynan qaysi xalqaro musobaqada qatnashishiga oydinlik kiritib beradi.

Kiritildi: 18:59, 10.05.2026.
O'qildi: 1839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик