Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Liverpul" Xabi Alonso nomzodi bo‘yicha "Real" rahbariyati bilan bog‘landi

"Liverpul" Xabi Alonso nomzodi bo‘yicha "Real" rahbariyati bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

Angliyaning "Liverpul" klubi "Real" sobiq bosh murabbii Xabi Alonsoni jamoaga taklif etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, mersisaydliklar hozircha ispaniyalik mutaxassisni tayinlash borasida bir qarorga kelgani yo‘q va bu borada ma’lum shubhalar mavjud. "Qizillar" rahbariyati Madrid klubi mutasaddilarining Alonso haqidagi fikrini bilish maqsadida "qaymoqranglilar" bilan bevosita bog‘langan.

Qayd etilishicha, "Liverpul" murabbiyning "Real"dagi ish faoliyati, uning uslubi va Madrid klubi rahbariyati u haqida qanday fikrda ekanligi bilan qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2025 yilning yozidan 2026 yilning yanvariga qadar "Real" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Professional futbolchilik faoliyati davomida esa ispaniyalik yarim himoyachi ham "Liverpul", ham "Real" sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 18:48, 10.05.2026.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик