Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Yamal: Mendesh nazariga tushdimi, demak...

Yamal: Mendesh nazariga tushdimi, demak...

Baho:
+ | -

Mashhur Jorje Mendesh «La Masiya» vunderkindi Lamin Yamalning birinchi shaxsiy agentiga aylanish uchun uning oilasiga 3 million yevro to‘ladi.

Portugaliyalik korchalon futbol vositachisi nima qilayotganini biladi, albatta. Binobarin, Yamalni ayni payt Lionel Messi va Andres Inyesta davridan buyon «Barselona» maktabidan bosh ko‘tarayotgan eng katta iqtidor sifatida ta’riflashmoqda.

Buyuk Jorje Mendesh 15 yoshli yigitchaga hozirdan e’tibor burgani bejiz emas. Lamin Yamal chindan ham, mukammal salohiyati bilan ko‘zga tashlanmoqda. Deylik, oxirgi vaqtlar muntazam «Barselona»ning asosiy tarkibi mashg‘ulotlariga jalb etilmoqda. Bosh murabbiy Xavi o‘smir bolakayni yaqinda «Atletiko»ga qarshi kechgan o‘ta muhim o‘yin qaydnomasiga kiritdi, keyingi turda maydonga ham tashladi. Shu tariqa u «Barsa» tarixida La Liga o‘yinida qatnashgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Qolaversa, Yamal allaqachon yaqinda «Xuyenvil A» klubi va Ispaniya U-19 terma jamoasida o‘ynay boshladi.

Yosh iste’dod yozda 16 yoshga to‘ladi. Lamin shundan so‘ng o‘ziga shaxsiy agent tanlash va u bilan rasman shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘ladi. Albatta, nomdor agentlar hozirdan istiqbolli yigitni o‘z mijozlari qatoriga qo‘shish harakatini boshlab yuborishgan. Xususan, ulardan biri bu borada katta qadam tashlab, Yamal bilan hamkorlik masalasini deyarli hal qilib qo‘ydi. Har holda, Radio Marca xabariga qaraganda, Krishtianu Ronaldu bilan aloqani uzgan Xorxe Mendesh yaqinda Laminning otasiga 3 million yevro to‘ladi. Shubha yo‘q, Mendesh xuddi «Barselona» vakillari kabi yosh futbolchida katta salohiyatni ko‘rmoqda. Portugaliyalik agent aks holda, bunday xarajatga qo‘l urmasdi. Demak u Lamin kelajakda jiddiy dividend olib kelishiga ishonmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:01, 10.05.2023.
O'qildi: 5599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик