Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Tibo Kurtua: «Oldin Peresga o‘xshagan rahbarni ko‘rmaganman»

Tibo Kurtua: «Oldin Peresga o‘xshagan rahbarni ko‘rmaganman»

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda yarim jamoa emas, undan ham ko‘p e’tirofga loyiq o‘yin ko‘rsatayotgan «Real Madrid»ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua Vanity Fair nashriga intervyu berdi.

Unda kiper Ispaniya poytaxtidagi faoliyati va umuman hayoti haqida gapirdi.

- «Real Madrid»ni ta’riflab beringchi!

- «Atletiko» va «Chelsi» kabi katta klublarda o‘ynaganimdan baxtiyorman, ammo «Real Madrid» dunyodagi eng yaxshisi. Qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar - hamma sizni biladi, agar jamoa chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sizni tabriklashadi. «Real Madrid» - bu boshqa daraja!

- Katta futbolga qadam tashlaganingiz - «Genk» haqida, o‘sha davr haqida gapirib bering.

- 14 yoshimda bo‘yim birdan katta sur’atda o‘sa boshladi va meni darvozaga qo‘yishdi, garchi men ilgari himoyachi bo‘lgan bo‘lsam ham. Keyinchalik qaysidir pallada o‘z pozisiyamni o‘zgartirish haqida ham o‘ylagandim. Yaxshiyamki, bunday qilmabman, aks holda hozir «Real»da o‘ynamayotgan bo‘larmidim...

- 18 yoshingizdayoq «Chelsi»dek katta klub sizni transfer qildi, keyin «Atletiko»ga ijaraga berdi...

- Ko‘pchilik menga «Atletiko»ga o‘tishdan oldin Belgiya­da yana bir yil qolishni maslahat berdi, lekin professional va shaxs sifatida o‘sishni xohlayotganimni bilardim, shuning uchun u yerdan ketdim.

- Florentino Peres bilan munosabatingiz qanday?

- Florentino bilan munosabatlarimiz yaxshi, u xo‘jayin va bizni g‘alaba qozonishimizni xohlaydi. Menga uning boshqaruv uslubi yoqadi, chunki u jamoaga yaqin, hech bir o‘yinni o‘tkazib yubormaydi. Men oldin bunday rahbarni ko‘rmaganman. U ko‘p narsani talab qiladi, lekin buyuk prezident - u hamma narsaga erishdi. Biz, albatta, messenjerlarda yozishmaymiz, lekin o‘yinlardan oldin va keyin gaplashamiz. Tribunada Florentino har doim qallig‘im bilan, boshqa o‘yinchilarning oilalari bilan muloqot qiladi. Biz hatto uni to‘yimizga taklif qildik, umid qilamanki, u keladi.

- Kiyinish xonasida eng yaqin do‘stlaringiz kimlar?

- Braziliyaliklar bilan juda ko‘p kulishamiz, lekin ular juda yosh va bizning manfaatlarimiz maydon tashqarisida farq qiladi - men allaqachon oilaviy odamman, farzandlarim bor. Yaqinda Fede Valverde o‘g‘lining tug‘ilgan kunida ajoyib vaqt o‘tkazdik, u yerda bizdan tashqari yana bir nechta jamoadoshlar bor edi. Bu jamoadagi atmosfera uchun ham foydali. Valverde, Alaba va Lukas Vaskes bilan aloqalarimiz ancha iliq.

- Karlo Anchelotti haqida qanday fikrdasiz?

- Anchelotti hamma narsani to‘g‘ri tushunadi. Dekabrdan iyungacha nafas olishga imkonimiz yo‘q - har 3 kunda o‘ynaymiz. «Madrid»da har doim g‘alaba qozonish shart, shuning uchun vaqti-vaqti bilan aloqani uzish juda muhimdir.

- Futbolchining eng og‘ir damlari qaysi?

- «Atletiko»ga kelganimda olgan saboqlarimdan biri shundaki, men hammaga ham ishona olmayman. Odamlar pul uchun menga yaqinlashdilar. Futbolchilar kimgadir ishonish, pul bilan birga yo‘q bo‘lib ketadigan biznesga sarmoya kiritish orqali tavakkal qilishadi.

M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:35, 12.05.2023.
O'qildi: 1773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.