Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/10 15:00 Ulsan Xyonde 0-2 Vissel Kobe
23/10 15:00 Sanfrechche Xirosima 2-1 Sidney
23/10 17:00 Shanghai Shenhua 2-0 Kavasaki Frontale
23/10 17:00 Muangtong Yunayted 2-2 Sebu
23/10 17:00 Selangor 2-1 Chonbuk Motors
23/10 19:00 Ravshan 1-3 Traktor
23/10 21:00 Al-Hussayn 2-1 Nasaf
23/10 21:00 Shabab al-Ahli 4-1 Kuvayt SK
23/10 21:45 Atalanta 0-0 Seltik
23/10 21:45 Brest 1-1 Bayer
23/10 23:00 Al-Quva al-Javiya 1-2 Xolidiya
23/10 23:00 At-Ta'vun 2-1 Oltin Asr
23/10 23:59 Atletiko 1-3 Lill
23/10 23:59 Yang Boyz 0-1 Inter
23/10 23:59 Barselona 4-1 Bavariya
23/10 23:59 Manchester Siti 5-0 Sparta
23/10 23:59 RB Leypsig 0-1 Liverpul
23/10 23:59 Zalsburg 0-2 Dinamo Zagreb
23/10 23:59 Benfika 1-3 Feyenoord
25/10 21:30 Udineze - Kalyari
25/10 23:45 Torino - Komo
26/10 00:00 Espanyol - Sevilya

Alexandro Garnacho: «Bitta kubok bilan to‘xtab qolmoqchi emasman»

Alexandro Garnacho: «Bitta kubok bilan to‘xtab qolmoqchi emasman»

Baho:
+ | -

Argentinalik yosh hujumchi Alexandro Garnacho yaqinda «MYU» bilan yangi shartnoma tuzdi.

Manchester klubi akademiyasining 18 yoshli tarbiyalanuvchisi joriy mavsum Erik ten Xag boshqaruvida jiddiy o‘sishga erishdi. Buning mukofoti - 2028 yilgacha «qizil iblislar» safida qolish huquqini beruvchi yangi bitim. E’tiborlisi, Argentina futboli umidlaridan biri klub taklif qilgan kelishuv ostiga imzo chekkach, ilk marta ingliz tilida intervyu berdi.

- Tabriklaymiz, mana, shonli kelajak uchun katta qadam tashladingiz. Hissiyotlar qanday?

- Rahmat, hozir faxr va g‘urur tuyg‘usidan sarmastman. Chindan ham, nafaqat o‘zim, balki oilam uchun ajo­yib kun. Ayni shu lahzalar uchun qattiq ishlaganimni aytishim joiz. Avvalo, o‘zimni ko‘rsatishga imkoniyat bergan bosh murabbiyga minnatdorchilik bildirishim kerak. Albatta, yaqinlarim va akademiyada tahsil bergan barcha murabbiylar, qisqasi, shu kunga qadar menga yordam qo‘lini cho‘zgan barcha insonlarga ta’zim qilaman. Tabiiyki, ularning ko‘maklari va qo‘llab-quvvatlashlarisiz ushbu shartnomaga erisholmasdim.

- Mavsum siz uchun kutilganidan ham yaxshi o‘tmoqda, shundaymi?

- Ha, hammasi zo‘r: birinchi golni urdim, jamoa bilan ilk kubokni yutdim. Darhaqiqat, o‘zgacha mavsum, lekin bu boshlanishi, xolos. Shunday ishlashda davom etishim kerak, zero, oldinda marralar juda ko‘p.

- 18 yoshda Angliya Liga kubogidek nufuzli turnirda g‘alaba nashidasini surdingiz...

- Ochig‘i, bu yoshda «MYU» bilan sovrin yutish, yutuqqa jamoaning bir qismi sifatida hissa qo‘shishni tasavvur ham qilmagandim. Albatta, Liga kubogidagi muvaffaqiyat meni marrani yanada balandroq olishga undaydi. Hozir ambisiyalarga to‘laman va birgina shu kubok bilan to‘xtab qolish niyatim yo‘q. Oldinda bizni yana bir final kutmoqda, tabiiyki, mamlakat kubogi uchun ham bor kuchimiz bilan kurashamiz. Tushunarliki, bosh maqsad - CHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Kuchli ishtiyoq va g‘alabalarga chanqoqlik ta’sirida ayni payt o‘zimda qo‘shimcha kuch-g‘ayratni his qilyapman.

- Maydonda o‘ta faolsiz, tinim bilmaysiz. Muxlislar tirishqoqligingizni munosib qadrlab, hattoki, ismingizni kuylay boshlashdi. Ularga aytar so‘zlaringiz...

- Avvalo, «MYU»ning barcha muxlislariga bunday ajoyib qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat. Ularning ismimni qo‘shiqqa solishgani men uchun ko‘p narsani anglatadi. Bunga javoban har kuni jamoa uchun borimni berish asnosida muxlislarga quvonch ulashishni xohlayman.

- Kurashga chanqoq Garnacho qachon maydonga qaytadi?

- Safga imkoni boricha tezroq qo‘shilishni istayman. «Old Trafford»da o‘ynash, muxlislarning qo‘shiqlarida o‘z ismingizni eshitish naqadar yoqimli, bundan g‘urur tuyaman. Ayni payt alohida shug‘ullanyapman, qachon jamoaga yordam beradigan holatga kelishimni esa vaqt ko‘rsatadi. 

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:29, 13.05.2023.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.