Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bundesliga poyoniga oz qoldi. Kimga omad kulib boqadi?

Bundesliga poyoniga oz qoldi. Kimga omad kulib boqadi?

Baho:
+ | -

Germaniyada chempionlik poygasi qizg‘in pallaga kirdi. Holat hali o‘zgarmagan: «Bavariya» peshqadam, «Borussiya Dortmund» undan bir ochkoga ortda qolmoqda.

32-turda har ikki jamoa yirik hisobda g‘alaba qozondi: myunxenliklar o‘z maydonida «Shalke»ni (6:0), dortmundliklar esa Myonxengladbaxning «Borussiya»sini (5:2) hisobida mag‘lub etdi. «Bavariya»ning g‘alabasi ayniqsa ishonchli bo‘ldi: xGda katta ustunlik (4,67-0,34), zarbalar bo‘yicha ham xuddi shunday ustunlik (umumiy 23-8 va nishonga aniq borgani 14-0). To‘g‘ri, «Shalke» gollarning yarmini o‘z xatosi bilan keltirdi: «Bavariya»ning to‘rtinchi goli eng kulgili gol bo‘ldi.

Dortmundning «Borussiya» klubi o‘yinida intriga bo‘lmadi - 32-daqiqaga kelib hisob 4:0 edi. 85-daqiqaga kelib myonxengladbaxliklar 2 ta gol urishga erishgan bo‘lsa, 94-daqiqada Jovanni Reynaning goli o‘yinga nuqta qo‘ydi. Biroq statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «Borussiya Dortmund» raqibdan sezilarli darajada o‘zib ketgandi: xG bo‘yicha 5,54-1,89, zarbalar bo‘yicha 33-13 va nishonga aniq borganlari 13-8. Uchrashuvning eng go‘zal lahzasi Sebastyan Allerning tovon bilan urgan birinchi goli bo‘ldi.

Hammasi «Bavariya»ning o‘z qo‘lida

«Borussiya» 29-turda birinchi o‘ringa ko‘tarildi, biroq keyingi o‘yinda «Boxum» bilan mehmonda durang o‘ynagach (1:1) yuqori pog‘onadan tushib ketdi. «Bavariya» o‘z uchrashuvida g‘alaba qozondi: «Gerta»ni mag‘lub etdi (2:0) va birinchi pog‘onaga qaytdi. FiveThirtyEight statistik portali «Bavariya»ga ko‘proq ishonmoqda: Myunxenliklarning chempionligi allaqachon 76%, dortmundliklarning imkoniyatlari esa 24% deb baholangan. FiveThirtyEight modeli murakkab sxema bo‘yicha hisoblangan jamoalar reytingini tuzdi. Unga ko‘ra o‘tgan yillar natijalari, tarkibning narxi, xG va hatto turnirga bo‘lgan motivasiya ham hisobga olindi.

«Borussiya»ga kim yordam bera oladi?

So‘nggi turda «Bavariya» chempionatda to‘rtinchi o‘rinda borayotgan «Leypsig» bilan o‘ynaydi. Jamoalar bu mavsumda to‘qnash kelishgan: ular «Red Bull Arena»da durangga erishgan (1:1). Endi jamoalar «Alyans Arena»da o‘yin o‘tkazishadi. «Leypsig» hali Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan, shuning uchun ular juda motivasion kayfiyatda bo‘lib turishibdi.

«Borussiya» uchun esa vaziyat biroz osonroq – har ikki raqib jamoa ham jadvalning o‘rtasidan joy olgan. «Mayns» yevrokuboklarga yetib olishi dargumon (4 ochko oltinchi o‘rin bilan farq), «Augsburg»ning esa quyi ligaga tushib ketish xavfi ham bor (quyi zonadan 4 ochko yuqorida).

«Dortmund» barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishi va qolgan turlarda «Bavariya»dan kamida bitta noto‘g‘ri qadamni kutishi kerak. Bunga ishonasizmi?

Bundesliga finaliga oz qoldi: «Borussiya» 2011/12 yilgi mavsumdan beri birinchi marta chempion bo‘lishi mumkin. O‘shanda jamoani Yurgen Klopp boshqargandi.

Kiritildi: 15:15, 14.05.2023.
O'qildi: 2212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик