Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

To‘pga bir teginish bahosi – 342857 funt

To‘pga bir teginish bahosi – 342857 funt

Baho:
+ | -

Braziliyalik Artur va «Liverpul» o‘rtasidagi hamkorlik yakuniga yetmoqda.

Har holda, uning shart­nomasi Angliya klubiga juda qimmatga tushmoqda. Diqqat qiling, bu mavsum chempio­natda notekis o‘ynagan jamoa hisob-kitoblarga ko‘ra, braziliyalikning har bir to‘pga teginishi uchun 342857 funt sterling to‘lamoqda. Ha, juda omadsiz kelishuv...

«Liverpul» Artur Meloni o‘tgan yilning avgust oyida ijara kelishuvi asosida o‘z safiga qo‘shib olgandi. Braziliyalik yarim himoyachi shundan buyon «qizillar» safida atigi 13 daqiqa harakatlandi va 21 martagina to‘pga tegindi. Vaholanki, Artur avvalgi mavsum «Yuventus»da uncha yomon o‘ynagan emasdi. Xullas, Yurgen Klopp uning jarohatiga parvo qilmay, yozgi transferlar bozorining so‘nggi soatlari ijara kelishuvi rasmiylashtirilishiga rozilik berdi. Shunday ekan, germaniyalik mutaxassis braziliyalik yarim himoyani kuchaytirishiga ishongan. Amalda esa... Arturning Angliya klubidagi debyuti CHL guruh bosqichida «Napoli» bilan bo‘lgan o‘yinga to‘g‘ri keldi. O‘shanda futbolchi 77-daqiqada maydonga tushdi, «Liverpul» esa yakunda 1:4 hisobida yengildi. Bu braziliyalik uchun «Liverpul» libosidagi yagona o‘yin bo‘lib qolmoqda hozirgacha. Binobarin, shundan so‘ng sonidan jarohatlangan futbolchi jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezdi, oqibatda naq 26ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Artur tiklanish jarayonidan keyin bir necha marta qaydnomaga kiritilgan bo‘lsada, Klopp amalda uning xizmatiga murojaat qilgani yo‘q. Shu tariqa yarim himoyachining har bir to‘pga teginishi bahosi qimmatlashib bormoqda.

Sky Sports ma’lumotiga qaraganda, «Liverpul» Arturning ijarasi uchun «Yuventus»ga 3,9 million funt to‘lagan. The Sun nashri esa futbolchi haftasiga 98 ming funt sterling miqdorida maosh olishini ma’lum qildi. Shu summaning katta qismi «qizillar» chekiga tushishi ham tayin. Qisqasi, xarajat miqdorini to‘pga teginish soniga bo‘lib chiqsak, dahshatli raqamlar   yuzaga keladi: 342857. Oddiy aytganda, Arturning har bir to‘pga teginishi deyarli 350 ming funt sterlingga tushmoqda. Tabiiyki, Angliya klubi yozda yarim himoyachi bilan xayrlashadi va u Turinga qaytadi. Biroq bunday omadsiz va «qimmatbaho» mavsumdan keyin Arturning «Yuve»da qolishi dargumon, o‘ziga yangi jamoa topishi esa yanada mushkul vazifa...

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:52, 15.05.2023.
O'qildi: 3984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик