Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Portugaliyaning «yangi Ronaldu»si

Portugaliyaning «yangi Ronaldu»si

Baho:
+ | -

UEFA o‘smirlar ligasi 19 yoshgacha bo‘lgan jamoalar turniri. An’anaga binoan, u har mavsumda noyob iqtidorlarni kashf etadi.

Masalan, «Barsa»da yetuk o‘yin ko‘rsatayotgan Viktor Barbera yozda «Bryugge»ga o‘tish tadorikini ko‘rmoqda, «Real»da Niko Pas porlamoqda, «Atletiko»da esa o‘smirlar o‘rtasidagi YECHL tarixida birinchi bo‘lib qatorasiga 7ta o‘yinda gol urgan Adrian Ninyo muxlisu-mutaxassislar e’tiborini qozondi. «Sporting»dagi 17 yoshli Rodrigu Ribeyru esa oldingi chiziqdagi sermahsul o‘yinlari bilan nafaqat «Sporting», balki butun Portugaliyaning noyob iqtidori sifatida «Yangi Ronaldu» maqomiga loyiq topildi. Hujumkor futbolchi liganing 8 uchrashuvida 6ta gol va 2ta assistni amalga oshirdi.

G‘ayri-tabiiy fazilatlar sohibi

Ribeyruning asosiy «kuziri» - yirik (185 sm.) gavdasiga nisbatan o‘ta chaqqon harakatlanishi. Odatda, uning o‘lchamidagi o‘yinchilar katta qadamlar bilan harakatlanishlari tufayli, raqiblarini aldab o‘tish yoki to‘p bilan tezroq qochib ketishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Biroq Rodrigo bunday kamchiliklardan xoli.

Ikkinchi muhim ustunlik - universallik va to‘psiz samarali ishlash. Ha, bu masalada kimnidir hayratdan yoqa ushlashga majbur etish qiyin hozir barcha futbolchilar, ayniqsa, yangi avlod vakillari barcha pozisiyalarni o‘zlashtirishga, to‘psiz o‘ynash ilmini to‘liq egallashga intiladilar. Lekin Rodriguning faoliyat doirasi juda keng, u barcha pozisiyalarda yuksak saviyani namoyish eta oladi. Chinakam professionallarga xos tarzda u qayerda qachon paydo bo‘lish, to‘pni qabul qilish va qayerga uzatishni yaxshi biladi. qo‘shimchasiga, ikkala oyog‘ida samarali to‘p suradi. Mana shu xislatlari bilan Ribeyru faoliyatini endi boshlagan Ronalduni eslatadi. Unga juda o‘xshash bo‘lgan Krishtianu ham tezkor va sermahsul o‘yinni namoyish etgandi.

Qoyilmaqom rivojlanish

Yaqinda 17 yoshlilar jamoasida to‘p surib yurgan Ribeyru joriy mavsumda asosiy jamoada maydonga tushishga (2 marta zaxiradan) ulgurdi. U bir mavsumda 17-19 yoshlilar va asosiy jamoada to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan «Sporting» tarixidagi ikkinchi futbolchi. Birinchisi kim ekanligini bilasizmi? Albatta, Ronaldu. U 16 yoshli paytida «Sporting»dagi debyutini nishonlagandi.

Lissabonliklar jamoasining bosh murabbiyi Ruben Amorim yosh iqtidorning porloq kelajagiga shubha qilmayapti, hatto intervyularidan birida u hujumchi pozisiyasiga hech kimni xarid qilmasligini alohida ta’kidlab o‘tgandi. Navqiron hujumchining taraqqiyoti uchun murabbiy barcha imkoniyatlardan foydalanishini aytib, bu mavzuga alohida e’tibor qaratmoqda. Uning matbuot anjumanidagi Pablo Sarabiyaga oid savolga qaytargan javobi buni yaqqol isbotlaydi: «Sarabiya? Men Rodrigu Ribeyru haqidagi o‘ylar bilan bandman».

Portugaliyaning O'Jogo nash­rining xabariga ko‘ra, «Sporting» rahbariyati va murabbiy voqealarni jadallashtirish fikridan yiroqlar va Ribeyruga joriy mavsumni o‘rinbosarlar jamoasida yakunlash imkoniyatini berish niyatidalar. Chunki ular yosh iqtidor sohibi asosiy jamoadagi faoliyatini boshlashdan avval yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istaydilar.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:21, 16.05.2023.
O'qildi: 8903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик