"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, "Real" darvozaboni Tibo Kurtua o‘tgan yili "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga loyiq edi. Eslatib o‘tamiz, sovrinni yakunda hujumchi Karim Benzema olgandi.
"Agar Kurtua o‘tgan yili "Oltin to‘p"ga sazovor bo‘lganida, bunga munosib bo‘lardi. Karim Benzema ham mukofotga loyiq edi, ammo Tibo bu mukofotni olsa, hayron bo‘lmagan bo‘lardim" - dedi Gvardiola o‘yindan keyingi intervyusida.