"Manchester Siti" o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali kelasi mavsum uchun yangi uy libosini taqdim etdi.
Libos "shaharliklar" uchun an’anaviy ko‘k rangda ishlab chiqarilgan. Angliya top-klubining texnik hamkori Germaniyaning Puma kompaniyasi hisoblanadi.
Joriy mavsumda Xosep Gvardiola shogirdlari birdaniga uchta turnirda g‘oliblik uchun kurashmoqda. Angliya Premyer-ligasida agar shu hafta oxirida "Chelsi" g‘alaba qozonsa, "Manchester Siti" chempionlikni kafolatlaydi. Angliya kubogi finalida "Manchester Yunayted" bilan to‘qnash keladi.
Chempionlar ligasida Gvardiola shogirdlari finalgacha yetib bordi va u yerda Milanning “Inter” klubiga qarshi maydonga tushadi.