Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"Manchester Siti" Gyundoganga yangi shartnoma taklif qildi

"Manchester Siti" Gyundoganga yangi shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachi Ilkay Gyundogan bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga yana bir yilga uzaytirish varianti bilan 2024 yilning iyuniga qadar shartnoma taklif qilingan. Amaldagi shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi.

Oldinroq nemis futbolchisiga "Barselona"dan moliyaviy jihatdan foydali taklif tushgani ham xabar qilingandi. Unga 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilingan.

Yarim himoyachi takliflarning birortasini qabul qilmagan bo‘lsa-da, ikkalasi ham dolzarbligicha qolmoqda. U yaqin kunlarda "Siti" bilan muzokaralar olib boradi.

32 yoshli Ilkay Gyundogan joriy mavsum “Siti” safida 48 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 15:43, 22.05.2023.
O'qildi: 1112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.