Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Ular grand klublarda o‘ynashga loyiq

Ular grand klublarda o‘ynashga loyiq

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda bir guruh hujumchilar shakllanib qolishdiki, ular o‘rtameyona klublarda ham yuqori natijalarga intilishadi. Ammo jamoaning potensiali sovrin yutishga imkon bermaydi. Bugun o‘z klublarini yetakchi jamoalarga o‘zgartirishi shart bo‘lgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Xarri Keyn (“Tottenxem”)

“Tottenxem”ni Keynsiz tasavvur qilish qiyin, ammo buning vaqti keldi. Futbolchi o‘z klubiga qo‘lidan kelganini berib, o‘z tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi, ammo haligacha hech narsa yutolmadi. Xarri joriy mavsumdan keyin ham hozirgi jamoada qolsa, g‘alati bo‘ladi. U sovrinlarga da’vogar klublar bilan shartnoma imzolashga tayyor, "shporlar" esa, aftidan, qayta qurishni kutmoqda. Keyn 29 yoshda. Yoshi o‘tgan sari unda katta g‘alabalar uchun imkoniyat kamayib boradi. Shuning uchun yozda ingliz o‘z kelajagi haqida jiddiy o‘ylashi kerak.

Jonatan Devid (“Lill”)

Devid bir necha yillardan beri top-klublarga ko‘z tikib kelmoqda. Futbolchi, o‘z navbatida, hozirgi jamoasida uzoq vaqt qolmasligini ochiq aytmoqda. 20 yoshli kanadalik o‘z qiymatini oshirish huquqiga ega. Ketma-ket ikkinchi mavsumda u "Lill"ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Fransiyaliklar safidagi birinchi mavsumida hujumchi Liga 1da 13 ta gol urgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda - 15 ta, joriy mavsumda 21 ta to‘p kiitgan. To‘purarlar poygasida u kuchli uchlikda, Aleksandr Lyakazett va Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o‘rinda. "Lill" jamoasining eng yaxshi futbolchisini saqlab qolish qiyin bo‘lishini tushunadi, shuning uchun
uni sotishga hozirlik ko‘rmoqda.

Xoselu (“Espanyol”)

Faoliyati davomida Xoselu ko‘plab klublarda va ko‘plab chempionatlarda o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi so‘nggi 4 yilni La Ligada o‘tkazdi va bu to‘rt mavsumning har birida kamida 10 tadan gol urdi. Masalan, joriy mavsumda 33 yoshli hujumchi 14 ta gol urgan. Xoselu faoliyatining so‘nggi yillarini kuchliroq klubda o‘tkazishga loyiq, nazarimizda. Rotasion o‘yinchiga aylana ham sovrin yutish uchun jamoadan ketgan ma’qul. Albatta, tajribali hujumchi ko‘p jamoalarga foydali bo‘ladi.

Enes Unal (“Xetafe”)

La Ligada omon qolish uchun kurashayotgan klubning yana bir hujumchisi. O‘tgan mavsumda Unal Ispaniya chempionatida 14 ta gol urgan bo‘lsa, joriy mavsumda 16 bor raqiblarni ranjitdi. 26 yoshli hujumchi o‘zini kuchliroq klubda sinab ko‘rishi mantiqqa to‘g‘ri keladi, ayniqsa, "qora ko‘klar" ikkinchi ligaga tushib ketishsa.

Loi Openda ("Lans")

Openda “Lans”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, ularga Liga 1da kuchli uchlikda qolishga yordam bermoqda. Joriy mavsumda 23 yoshli hujumchi Fransiya chempionatida 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan mavsumda u "Vitess" uchun "Eredevisze"da shuncha gol urgan. “Lans” bilan Chempionlar ligasiga chiqish katta ish bo‘lardi, ammo bu yozda transfer bozorida bundan ham yaxshiroq variantlar bo‘lishi mumkin. Bu holatda asosiy narsa klub tanlashda xato qilmaslikdir.

Niklas Fyulkrug (“Verder”)

Fyulkrugni ko‘pchilik Jahon chempionatida tanidi. O‘tgan mavsumda hujumchi 19 ta gol urgan bo‘lsa, joriy mavsumda jamoasining 16 goliga mualliflik qilib turibdi. Futbolchi xalqaro miqyoda ham yaxshi o‘ynayapti va “Bundestim” safida 6 ta o‘yinda 6 ta gol. Fyulkrug butun faoliyatini Germaniyada o‘tkazdi. Yangi klub uchun u ona yurtini tark etish shart emas. Albatta, tajribali forvard turnir jadvalida “Verder”dan yuqori o‘rinlarni egallab turgan jamoalarga foydali bo‘lardi.

Kiritildi: 16:18, 22.05.2023.
O'qildi: 2266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.