Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Jaka kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi

Jaka kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka Leverkuzenning "Bayer"iga o‘tishga bir qadam qolganini inkor etmadi. Oldinroq shveysariyalik "dorichilar"ga 15 million yevroga tushishi xabar qilingandi.

"Mening kelajagim? Oxirgi haftalarda bo‘layotgan mish-mishlarni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Menimcha, muxlislar ham men kabi haqiqatni bilishga loyiq. Angliya Premyer-ligasining yakuniga yana bir hafta bor. Men bu vaqtdan maksimal darajada zavq olishni xohlayman”, - deya Jaka so‘zlaridan iqtibos keltirgan Standard.

Angliya chempionatining navbatdagi o‘yini, Jaka uchun "Arsenal" futbolkasida xayrlashuv bo‘lishi mumkin. Shveysariyalik futbolchi joriy mavsumda 36 o‘yinda 5 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan Premyer-ligada shaxsiy rekordini o‘rnatdi.

Kiritildi: 17:14, 22.05.2023.
O'qildi: 1379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик