Italiya futbol federasiyasi (FIGC) federal apellyasiya sudi “Yuventus”dan 10 ochko olib tashlaganini ma’lum qildi.
Ochko olib tashlanishiga sabab soxta kapital daromadlaridir. Endi boshqa sud jarayoni bo‘lib o‘tmaydi. Chunki bu yakuniy sud.
Ma’lumot uchun, "Yuventus" endi 10 ochko olib tashlangani sabab 7-pog‘onaga tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" bugun mehmonda "Empoli"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Agar turinliklar bugun g‘alaba qozonsa, 5-pog‘onaga ko‘tarilib olishi va evrokuboklar uchun kurashda davom etishi mumkin.