Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Futzal. O‘zbekiston kubogida 3 ta havaskorlar jamoasi ishtirok etadi

Futzal. O‘zbekiston kubogida 3 ta havaskorlar jamoasi ishtirok etadi

Baho:
+ | -

11 iyun kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2022/23 yilgi mavsumiga yakun yasaladi. So‘nggi tur bellashuvlariga poytaxt Toshkent mezbonlik qiladi.

May oyi so‘ngida O‘zbekiston kubogining saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. 3-4 iyun sanalariga 1/8 hamda 1/4 final bosqichi uchrashuvlari rejalashtirilgan bo‘lib, 17-18 iyunda yarim final hamda final bellashuvlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston kubogida Oliy liganing 12 ta, Birinchi liganing 7 ta jamoasi qatorida 3 ta havaskor jamoalar ham o‘z omadini sinab ko‘radi. Liga taqdim etilgan arizalardan kelib chiqib, DHL, «Ermak» hamda «O‘zSQB» jamoalarini musobaqaga qo‘shishga qaror qildi. Mazkur uch jamoa, shuningdek, Birinchi liganing so‘nggi 5 jamoasi O‘zbekiston kubogiga saralash bellashuvlari orqali qo‘shiladi. Bular: «Dizak», «Qizilqum», «Qang‘li», «Surxon», «Mash’al».

Saralashda 8 jamoa ikki zonaga ajratib olinadi. Geografik holatidan kelib chiqib, DHL, «Ermak» hamda «O‘zSQB» saralashni Toshkentda o‘tkazadi. «Surxon», «Mash’al» va «Qizilqum» esa Qarshiga keladi. Jizzaxning «Qang‘li» va «Dizak» jamoalari qur’a orqali mazkur ikki guruhga ajratiladi. Har bir guruh jamoalari uch kun davomida o‘zaro bir martadan zalga chiqadi. Yakunda guruh g‘oliblari O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga yo‘l oladi. Mazkur bosqichdan boshlab jamoalar olimpiya tizimida navbatdagi bosqichga yo‘l oladi yoki musobaqa bilan xayrlashadi.

O‘zbekiston kubogiga 25 may sanasi 18:00 da qur’a tashlanadi.

Manba: futsal.uz
Kiritildi: 06:05, 25.05.2023.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик