Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi bosh hakami Aida Xasanova 39 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi bosh hakami Aida Xasanova 39 yoshida vafot etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston qizichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Xasanova 23 may, seshanba kuni 39 yoshida vafot etdi. Bu haqida federasiya rasmiy sayti ma’lum qildi.

“O‘sha kuni Aida xususiy klinikalarning birida kosmetologik operasiya qilingan. Biroq sog‘lig‘i yomonlashgani bois, kasalxonaga yotqizilgan. Kechqurun reanimasiyada vafot etgan”, — deya xabar beradi Gazeta nashri.

Ma’lumot uchun, Aida Hasanova 1983 yil 4 avgustda Toshkent shahrida tug‘ulgan. Aida o‘zbek qilichbozi va qilichbozlik bo‘yicha xalqaro hakam bo‘lgan. Xasanova ko‘p karra mamlakat chempioni, 2001—2006 yillarda Markaziy Osiyo chempioni, 2005 yilda Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turnirning oltin medali sovrindori.

2014 yilda Aida O‘zbekiston tarixidagi qilichbozlikning barcha uch qurol turi bo‘yicha birinchi xalqaro hakamga aylangan. O‘sha yildan boshlab u Xalqaro qilichbozlik federasiyasi - FIE hakami bo‘lib, xalqaro chempionat va turnirlarda hakamlik qilishni boshlagan. 2015 yilda Jahon va Osiyo chempionatlarida ilk bor finalda o‘zbekistonlik hakam sifatida ishtirok etgan.

2017 yildan buyon O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasida bosh hakam lavozimida ishlab kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:50, 25.05.2023.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.