Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Ikki yulduz farqi – bu bo‘y! (video)

Ikki yulduz farqi – bu bo‘y! (video)

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe MBA draft-lotereya (tanlov jarayoni)sida Fransiya basketboli bosh vunderkindi bilan birga ko‘rinish berdi va ikkisi o‘rtasidagi farq yaqqol namoyon bo‘ldi.

Chunonchi, futbolchining bo‘yi atigi 178 santimetrga teng. Basketbolchi esa juda-juda novcha - 220 santimetr. Kim o‘zini mittidek his qilishni istasa, shu yigit - Viktor Vembanyam oldida suratga tushishi kerak...

«Metropolitan» klubining fransiyalik 20 yoshli basketbolchisi MBA bo‘lajak draft jarayoni bosh favoriti sifatida gavdalanmoqda. Ya’ni ko‘pchilik Viktor Vembanyam birinchi raqam ostida tanlanishini kutmoqda. U 19 yoshida, ya’ni 2022/2023 yillar mavsumi Fransiya basketbol ligasining eng foydali o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Viktor shuning barobarida eng yaxshi yosh basketbolchi va eng yaxshi himoyachi nominasiyalarida ham g‘alaba qozondi. Qolaversa, fransiyalik vunderkind ligada eng yaxshi bombardir bo‘ldi, yana bloklangan zarbalar soni bo‘yicha ham yetakchiga aylandi. Qisqasi, Vembanyam birdaniga 5ta sovrinni o‘ziniki qildi, kamiga liganing birinchi ramziy jamoasiga  kiritildi.

Vembanyam mavsumni 1ta o‘yinga o‘rtacha 21,6 ochko, 10,4 ta to‘p ilish va 3,0 ta blok ko‘rsatkichi bilan yakunladi. Umuman, Viktor 2015 yildan buyon Fransiya ligasida eng yaxshi o‘yinchi maqomini olgan birinchi mahalliy basketbolchi bo‘ldi. Bunday sharaf oxirgi marta Adriyen Mormanga nasib etgandi. E’tiborli tomoni, draft jarayonida Fransiya basketboli vunderkindiga mamlakat futbolining bosh yulduzi Kilian Mbappe hamrohlik qildi. MBA tashkilotchilariga qoyil qolish kerak - ikki yo‘nalish yulduzlarini bir joyda to‘plab, qiziqishni keskin oshirishdi. Axir Kilian va Viktor bo‘y borasida «osmon - yer» kabi. Asosiysi, buni ko‘pchilik hayrat bilan kuzatdi...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:00, 26.05.2023.
O'qildi: 8660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.