"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APLda ajoyib mavsum o‘tkazdi.
22 yoshli norvegiyalik bir vaqtning o‘zida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi - u Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi va mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb tan olindi.
Squawka jurnalistlari Xoland Premyer-liga tarixida bir mavsumda ushbu ikki sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan birinchi futbolchi bo‘lganini ta’kidlashmoqda.
Premyer-liganing 2022/2023 yilgi mavsumida Erling Xoland 36 ta gol urdi va gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.