Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

«Borussiya» nega og‘zidagi oshini oldirdi?

«Borussiya» nega og‘zidagi oshini oldirdi?

Baho:
+ | -

Bundesligadagi chempionlik intrigasi nolinchi yillardagi bir mavsumni eslatib yubordi.

«Bayer» «Bavariya»ga raqobat qilib yurgan paytlar. So‘nggi turgacha «Bavariya» peshqadam bo‘lib borgan, oxirgi turda «Myunxen 1860» maydoniga safar uyushtirishgandi. U paytlarda jonli efirlar kam, o‘yinni ertasi kuni ko‘rganman. Qizig‘i, «Bayer» chempion bo‘lganini qayerdandir eshitib qoldim, demak Myunxenda nimadir bo‘lgan, ko‘rish kerak.

Xullas, o‘yin boshlandi, «Bavariya» hisobni ochdi. Ammo men bilamanku, yakunni, demak, rosa qiziq bo‘lgan. O‘yin oxirlagan sari, harorat oshib boryapti, nima, qanday qilganikin «Myunxen 1860»?

So‘nggi daqiqalarda «Bavariya» ikkinchi golni urdi. Hakam 4 daqiqa qo‘shib berdi. Dahshat. Nahotki hozir men hech qachon unutilmaydigan voqea guvohi bo‘laman? Uchta golni mezbonlar qachon uradi?

Yo‘q, xato ma’lumot ekan. «Bayer» chempion bo‘lmagan. O‘yin 0:2 ligicha tugadi (Oxirgi marta keyin bunaqa tuyg‘uni «Kloverfild 10» filmini ko‘rganimda his qildim, tavsiya, qiziq kino).

Xullas, yana shunaqa bo‘ldi. Baribir «Dortmund»ga ishongandim oxirigacha. 6 ta o‘ta xavfli vaziyatdan birortasini golga aylantirganda ham, oxirida imkoniyat bo‘lardi...

Menimcha, bugun «Borussiya» kurashgani emas, bayram qilgani tushgandi. Zo‘r stadion, ajoyib muxlislar, hech narsa kerak bo‘lmagan, to‘rt turdan beri faqat yutqazayotgan qulay raqib. Yut va chempion bo‘l!

«Mayns» kutilmaganda, kurash taklif qilgach, jamoa o‘ziga kela olmadi. O‘sha kurashuvchanlik modini vaqtida yoqa olmadi. Hatto stadion ham o‘ziga o‘xshamagandek, ba’zi pallalarda ustiga quyilgan sovuq suvni his qilib o‘tirishdi. Faqat so‘nggi yarim soat yetarli emas, albatta.

«Bavariya» qatorasiga 11-marta chempion. 4 tur oldin «Bavariya»ni yutgan «Mayns» qarzini qaytardi.

Dortmunddagi stadionni bu holatda hech ko‘rmagandim. O‘yin tugagach. To‘la va jimjit.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 11:00, 28.05.2023.
O'qildi: 4035 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик