Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Aleksandr Piskaryov: «Qosimov o‘zgacha futbolchi!»

Aleksandr Piskaryov: «Qosimov o‘zgacha futbolchi!»

Baho:
+ | -

«Sport-ekspress» nashri 1987 yili SSSR o‘smirlar terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan Aleksandr Piskaryov bilan suhbatlashdi.

U mazkur kattakon intervyusida hozirda Olmaliqning OKMK klubini boshqarayotgan futbolimiz yuzi - Mirjalol Qosimovning salohiyati haqida ham gapirdi. Quyida suhbatning ana shu qismini e’tiboringizga havola qilamiz.

- Siz uchun qaysi o‘yinni eslash alohida og‘riqli?

- 1987 yili Fransiyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining finali! Italiya bilan o‘ynagandik. Oleg Matveevning harakatidan aqldan ozishimga bir bahya qolgandi. Italiyaliklar hujumchisi uni bamaylixotir chetlab o‘tib, darvozamizni osongina ishg‘ol qilgan. Matveevga ko‘p marta aytdim: «Sening bunday podkatlaring bilan orqa tomoning yam-yashilga aylandi — foydasichi?!»

- Haqiqatan ham, achinarli...

- Eng achinarlisi, ikkinchi bo‘limda raqibni butunlay mag‘lub etgandik, axir! Zarba ketidan zarbalar... lekin to‘p darvozaga kirishni xohlamaydi va bo‘ldi - o‘yin 0:1 hisobi bilan tugadi.

- Ammo bir yarim oydan so‘ng Kanada qabul qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldingiz.

- Bu yerda birinchi o‘yindan boshlab hammasi o‘ylagan rejamiz asosida ketdi. Nigeriyaliklarga qarshi maydonga tushdik, ularning yoshi bizdan kattaroq ekanligi yaqqol ko‘rinib turardi. Shunchaki otga o‘xshashardi!

- Sizlarda bundaylar yo‘qmidi?

- Bizda bolalarning bari bir tekisda. Kolya Rusinni ko‘rsangiz, juda nozik. Yura Makarov, Tolya Mushchinka, «Kasimchik» (Mirjalol Qosimov). Faqat Seryoja Bejenar va Yurka Morozlarning jussalari kattaroq edi. O‘shalar bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadik. Boliviyani 4:2ga yengdik, Meksikaga esa yettita gol tuhfa etdik. Kot-D`Ivuar bilan yarim final bosqichida to‘xtaymiz, deb o‘ylagandim. Ular ham ulkan qora tanli bahaybatlardan iborat edi! Fikrimcha, ularda ham yoshlari kichraytirilgandi.

- Ammo g‘alaba siz tomoningizda bo‘ldi.

— Ha, 5:1 hisobida g‘alaba qozondik! Qosimov burchak to‘pidan gol urdi! Darvozabon qo‘llarini chiqargan ham edi, lekin to‘p allaqachon uning ortida turardi.

- Jamoangizning asosiy figurasi kim edi?

— Qosimov! U o‘zgacha futbolchi! Mehnatkash, driblinglari ajoyib, maydonda hamma narsani ko‘radi. Zarbasini aytmaysizmi? Mirjalolning oyoqlari tekis, panjasi esa keng. Jarima zarbalari belkurak kabi urardi.

- Uni qayerda kashf qildingiz?

— Terma jamoa boshiga o‘tirganimdan so‘ng, turnirlarga borishni boshladim. Ba’zida o‘zim bilan rafiqamni ham olardim. Qosimovni birinchi bo‘lib u ko‘ra oldi. «Pereprava» turniridagi qandaydir o‘yinni ko‘rib o‘tirardik. Menimcha, Voronejda edi. O‘zbeklarning jamoasi kuchsiz edi, bundan xafa bo‘ldim. Marina esa meni turtib «Bu yigitchani ko‘r. Hamma yerda ulguryapti!», dedi. U «Kasimchik» edi.

- Hozir ham o‘sha jamoadagilar bilan aloqada bo‘lib turibsizmi?

- Ha, yigitlar qo‘ng‘iroq qilishadi, bayramlar bilan tabriklashadi. Nikiforov, Bejenar, Moroz, Qodirov... Va bir necha yil oldin Qosimov menga qanday yordam berdi-ya!

- Bu qanday hikoya?

— Kasalxonaga tushib qoldim, o‘t pufagimni olib tashlashdi. Katta pul qo‘yishdi —  100 ming rubl. Menda buncha pul yo‘q edi. Toshkentga Jalolga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntiryapman. U esa «Mixalich, ertaga odam yuboraman, barchasini olib boradi. Sizga qanday valyutada kerak?» — «Rublda».

- Olib keldimi?

— Ha. Men esa bu pulni shifokorga berdim.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:42, 29.05.2023.
O'qildi: 1355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.