Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

"Liverpul" YECHLsiz qolganining klubga moliyaviy zararlari haqida

"Liverpul" YECHLsiz qolganining klubga moliyaviy zararlari haqida

Baho:
+ | -

YECHLning o‘rniga YELda qatnashish haqida Yurgen Klopp shunday degan edi: "Endilikda, biz seshanba yoki chorshanba kunlari o‘rniga payshanba kunlari maydonga tushadigan bo‘ldik. Joriy mavsum biz uchun yaxshi o‘tmadi. Bu narsa, ayniqsa moliyaviy tomondan yaqqol seziladi".
Haqiqatdan ham "Liverpul"ning Yevropa ligasiga tushib ketishi, moliyaviy jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi. Quyida mana shu mavzuga to‘xtalib o‘tamiz.

"Liverpul" APLni 5 o‘rinda yakunlash orqali qancha ishladi?

Birinchi zarba klub uchun APLdan keladi. O‘tgan mavsumda Klopp jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu esa klubga 50.4 million funt foyda keltirgan edi. 2023 yilda uchta o‘rin paslash, bu boradagi daromadni 35.2 millionga tushirdi. Bu degani "Liverpul" 15 million zarar ko‘rdi. Ushbu miqdorga o‘tgan yozda Takumi Minamino sotilgandi. Shunga qaramay, yo‘qotishlarning eng yirigi UYEFA to‘lovlaridan keladi.

"Liverpul" YECHLning joriy mavsumidan qancha ishladi?

"Liverpul"ning musobaqani nimchorak finalda yakunlagani, 2020 yildan beri eng yomon ko‘rsatkich sifatida qayd etiladi. Garchand "Real"ga, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2-6 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsada, mersisaydliklar yevrokubokdagi ishtiroki sabab jami 58.9 million funtga ega bo‘ldi. Bu miqdorning uchdan biri (23.7 million) klubning o‘n yillik natijalaridan kelib chiqib, to‘lab berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa ligasining 2023-24 yilgi g‘olibiga jami 20 million funt sovrin puli beriladi. Bu shuni anglatadiki, "Liverpul" bu musobaqada g‘olib bo‘lsa ham, joriy mavsumdagi daromadlarini qila olmaydi.

"Liverpul" YECHLga chiqa olmagani sababli futbolchilaridan ayrilishi mumkinmi?

Yurgen Klopp o‘z shogirdlariga jiddiy signal yo‘llagan edi. U YECHLsiz mavsum sababli hech kim jamoadan ketmasligini aytgan: "Agarda kimdir mana shu sababli ketmoqchi bo‘lsa, o‘zim uni qaysi klubni xohlasa, shunga o‘tishiga yordam beraman. Bizda majburlash yo‘q. Bu xato bo‘lgan bo‘lardi. Ammo hozirga qadar hech kim mendan ketish haqida so‘ragani yo‘q", – deydi nemis mutaxassisi.
Shunga qaramay, Klopp tomonidan "klub afsonalari" deya ta’riflangan Firmino, Milner, Keyta va Oksleyd-CHeymberlenlarning jamoadan ketishi aniq bo‘lgan.
Muhammad Saloh esa 3 yillik yangi bitimdan keyin qolishi kutilmoqda. 30 yoshli hujumchi yaqindagina ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga YECHLda o‘ynamasligidan "qalbi vayron" bo‘layotganini yozdi.

YECHL va YELning sovrin jamg‘armasi

Chempionlar ligasi guruh bahslari uchun: 13.5 million funt
Yevropa ligasi guruh bahslari uchun: 3.1 million funt

YECHL guruhdagi har bir g‘alaba uchun: 2.4 million funt
YEL guruh bahslaridagi har bir g‘alaba uchun: 313 ming funt

YECHL nimchorak finali: 8.3 million funt
YEL nimchorak finali: 1.1 million funt


YECHL chorak finali: 9.2 million funt
YEL chorak finali: 1.6 million funt

YECHL yarim-finali: 10.9 million funt
YEL yarim-finali: 2.5 million funt

YECHL finali: 13.5 million funt
YEL finali: 4.1 million funt

YECHL g‘olibi: 17.4 million funt
YEL g‘olibi: 7.6 million funt.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:00, 29.05.2023.
O'qildi: 3380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.