Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Meksika devori - Karbaxal

Meksika devori - Karbaxal

Baho:
+ | -

Meksika terma jamoasining sobiq darvozaboni Antonio Karbaxal 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat futbol federasiyasi Twitter platformasida ma’lum qildi.

Karbaxal 1950 yildan 1966 yilgacha beshta jahon chempionatida ishtirok etgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘lgan edi. Bu rekord nemis Lotar Matteus tomonidan yangilanmaguncha 32 yil davom etdi.

Hozir shunday futbolchilar oltitaga yetdi. O‘tgan yilning dekabr oyida Qatarda bu rekord argentinalik Lionel Messi tomonidan takrorlangan edi.

“Beshta jahon chempionatida ishtirok etgan birinchi futbolchi Antonio Karbaxalning vafot etgani haqida qayg‘u bilan xabar oldik. Uning oila a’zolari va uning yo‘qotilishidan qayg‘urayotgan barcha meksikalik muxlislarga samimiy hamdardlik bildiraman”, - deydi FIFA rahbari Janni Infantino.

Karbaxal butun faoliyatini Meksikada - "Real Espanya" va “Leon” klublarida o‘tkazdi. Ikki marta mamlakat chempionligi, bir marta kubok sohibi bo‘lib tarixda qolgan afsona. Darvozabon Meksika terma jamoasi safida 48 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Antonio Feliks Karbajal Rodriges 1929 yil 7 iyun Mexiko Sitida dunyoga kelgan. Afsonaviy “charm to‘p ustasi” darvozabon sifatida faoliyat olib borgan. U "Real Espanya" va “Leon” klublari sharafini himoya qilgan. Meksika terma jamoasi safida 1950-1966 yillar davomida 48 ta o‘yin o‘tkazgan. Tarixda beshta jahon chempionatida maydonga tushgan olti nafar futbolchidan biri (1998 yilgacha u yagona edi).

1966 yilda Angliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Karbaxal beshta final turnirida maydonga tushgan birinchi futbolchi bo‘lib, rekord o‘rnatdi. Uzun bo‘yli, chaqqon darvozabon 1950 yilda Braziliyada, 1954 yilda Shveysariyada, 1958 yilda Shvesiyada va 1962 yilda Chilida bo‘lib o‘tgan mundiallarda ishtirok etgan. 1966 yilgi chempionat u uchun so‘nggisi edi, bu juda mantiqiy edi, chunki u 1948 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada uchun terma jamoaga kiritilgan futbolchi Londonda faoliyatini yakunlashi ajoyib bo‘lardi. Meksika terma jamoasining yagona o‘yinida maydonga tushish bahtiga muyassar bo‘lmagan afsona Olimpiadadan qaytib, “Leon” klubi bilan shartnoma imzoladi va 1966 yilda faoliyatining oxirigacha ushbu klubga sodiq qoldi. Keyinchalik futbolga xizmatlari uchun FIFA oltin medali bilan taqdirlangan.

U ElSincocopaslaqabini olgan - ispan tilida "Besh kubok" manosini bildiruvchi jumla futbolchining 5 bor mundialda ishtirok etgani sharafiga qo‘yilgan.

2021 yildan boshlab Antonio Karbajal ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgani uchun stadionga borishni to‘xtatdi. Biroq, u radio orqali futbol o‘yinlari translyasiyalarini tinglashda davom etdi va jurnalistlarga intervyular berdi.

U 2023 yil 9 mayda 93 yoshida vafot etdi.

Kiritildi: 16:39, 30.05.2023.
O'qildi: 2057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик