Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Jezus nima uchun urgan golini bu tarzda nishonlashini ochiqladi

Jezus nima uchun urgan golini bu tarzda nishonlashini ochiqladi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Jezus o‘zining golni an’anaviy nishonlanishining siri nimada ekanligini aytib berdi.

Eslatib o‘tamiz, gol urilganidan keyin braziliyalik qo‘lini boshiga ko‘tarib, telefon qo‘ng‘irog‘ini tasvirlaydi.

"Mening gol nishonlashim - "Palmeyras" futbolchisi bo‘lganimda qo‘ng‘iroqlarimga javob bermagan sobiq sevgilimga xabar. Ammo u menga "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tganimda yozgan", - dedi braziliyalik futbolchi Sky Sports bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Jezus Premyer-ligada 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "Arsenal" jamoasi deyarli butun mavsum davomida turnir jadvalida peshqadam bo‘lganiga qaramay, Angliya chempioni bo‘la olmadi.

Jezus o‘tgan yozda "kanonirlar" safiga qo‘shilgandi.

 

Kiritildi: 20:51, 31.05.2023.
O'qildi: 3054 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик