Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Yevropa Ligasi final uchrashuvi raqamlarda

Yevropa Ligasi final uchrashuvi raqamlarda

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasining final uchrashuvida “Sevilya” Vengriyaning Budapesht shahrida “Roma”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Musobaqa hamda klublarga oid raqamlar

Yevropa Ligasi / UYEFA Kubogi tarixida birinchi marta qatorasiga uch mavsumda g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi.

Final uchrashuvida 13 marta sariq kartochka ko‘rsatildi va bu musobaqaning rekordiga aylandi. Bungacha Yevropa Ligasi tarixidagi hech qaysi o‘yinda bunchalik ko‘p ogohlantirish berilmagan. Bahsda “Roma” futbolchilari yetti marta sariq kartochka oldi. Bu bir klub uchun rekord hisoblanadi.

Ispan jamoalari 2001 yildan beri boshqa mamlakat klublariga qarshi o‘tgan qatorasiga 18-finalda g‘olib chiqmoqda. So‘nggi marta 2000/01 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi finalida “Bavariya” “Valensiya”ni, UYEFA Kubogi finalida esa “Liverpul” “Alaves”ni mag‘lub etgandi.

Ispan klubi 14 marta Yevropa Ligasi/UYEFA Kubogi bosh sovriniga ega chiqdi. Angliya va Italiya klublari 9 marta, Germaniya jamoalari esa 7 marta ushbu sovringa ega chiqqan.

“Sevilya” o‘z tarixida yettinchi marta Yevropa Ligasi / UYEFA Kubogi g‘olibiga aylandi (2006, 2007, 2014, 2015, 2016, 2020 va 2023). Bu rekord hisoblanadi. Shuningdek, klub bir marta Yevropa Superkubogida ham g‘olib chiqqan. Klub ichki musobaqalarda jami yettita sovringa ega chiqqan.

“Sevilya” kelasi mavsum “Barselona”, “Real”, “Atletiko” va “Real Sosyedad” bilan birga YECHLda ishtirok etadi. Jamoa ayni vaqtda La Ligada 11-o‘rinda bormoqda.

“Roma” penaltilar seriyasigacha yetib borgan ikkinchi finalda mag‘lub bo‘ldi. Jamoa 1983/84 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar Kubogi finalida “Liverpul”ga penaltilar seriyasida yutqazgan.

Futbolchi va murabbiylarga oid faktlar

“Sevilya” ustozi Xose Luis Mendilibar murabbiylik faoliyatidagi birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Mutaxassis Andalusiya klubiga 2023 yilning mart oyida tayinlangandi. Shuningdek, 62 yoshli murabbiy musobaqada g‘olib chiqqan eng keksa mutaxassisga aylandi.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyati davomida birinchi marta Yevrokuboklar finalida mag‘lub bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis bungacha beshta finalda g‘olib chiqqandi. U “Portu” bilan UYEFA Kubogida va Chempionlar Ligasida, “Inter” murabbiyligida Yevropa Chempionlar Ligasida, “Manchester Yunayted” boshqaruvida Yevropa Ligasida, “Roma” ustozi sifatida Konferensiyalar Ligasida g‘alaba qozongandi.

“Sevilya” futbolchisi Gonsalo Montiel hal qiluvchi penaltini golga aylantirdi. Futbolchi Argentina terma jamoasi safida 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati finalida ham so‘nggi penaltini tepib, gol urgandi.

“Roma” futbolchisi Janlukka Manchini Yevropa Ligasi finalida o‘z darvozasiga gol urib qo‘ygan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha 2018/19 yilgi mavsum finalida “Inter” futbolchisi Romelu Lukaku “Sevilya”ga qarshi o‘yinda avtogol kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:45, 01.06.2023.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик