Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Simeone: "Feliks "Barselona" uchun juda muhim futbolchi bo‘lardi"

Simeone: "Feliks "Barselona" uchun juda muhim futbolchi bo‘lardi"

Baho:
+ | -

“Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone mavsum oxirida “Chelsi”dagi ijara muddati tugaydigan Joau Feliks bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

"U qaytishi kerak va biz unga eng yaxshisini berishimiz kerak. Unda ajoyib sharoit bor. U xohlagan narsa bo‘ladi. U "Atletiko" futbolchisi. Men barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman, hech kim bilan muammom yo‘q.

Jarohatlar borasida undan omad yuz o‘girdi. Shundan so‘ng Korreaga asosiy tarkibdagi joyini yutqazib qo‘ydi. U qaysi jamoada o‘ynashidan qat’iy nazar uni ajoyib kelajak kutmoqda.

Joauni sotasizmi? Bu klubga iqtisodiy jihatdan foydalimi yoki yo‘qligini ko‘rish kerak. U "Barselona" uchun juda muhim futbolchi bo‘lardi", - dedi Simeone.

Kiritildi: 17:43, 02.06.2023.
O'qildi: 2666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик