Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Olimpik» futbolchilar yerga yotib olib vaqt cho‘zganiga Kapadze munosabat bildirdi

«Olimpik» futbolchilar yerga yotib olib vaqt cho‘zganiga Kapadze munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi “F” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Timur Tohirovich odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Jamoamizni g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi bellashuv bo‘ldi, yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, oxirigacha kurashishdi. Eng asosiysi — g‘alaba qozondik. Uch kun oldin Namanganda mag‘lubiyatga uchragandik, o‘sha bahsni yaxshi taxlil qilib chiqdik. Bir jamoa bilan ketma-ket o‘ynash oson emas. Lekin yigitlar o‘zlarini ko‘rsatib, o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyatni o‘rnini bosa olishdi. Ikkala jamoa ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

— O‘tgan bahsdagi xatolar ustida ishlangani g‘alabaning asosi bo‘ldi, desa bo‘ladimi?
— Albatta. Ilk navbatda, “Navbahor” bilan ketma-ket ikki o‘yin o‘tkazish oson emas. Bugungi bahsga tayyorlanish uchun ikki kun vaqtimiz bor edi. Ayrim vaziyatlarda ishlar o‘xshadi, ba’zilarida esa yo‘q. Mehmonlar darvozamiz oldida vaziyatlar yaratishganida, biz to‘g‘ri himoyalandik. O‘tgan ikki kun davomida uchrashuvni to‘g‘ri tahlil qilib bordik. O‘sha kungidan ko‘ra, bugun yigitlar yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olishdi. O‘tgan safargi o‘yindagidan ko‘ra, bu safar yigitlar to‘g‘riroq yo‘nalishda ishlashdi. Shuningdek, yigitar raqibning nozik nuqtalarini bilishardi va bundan foydalanishga harakat qilishdi.

— Bugungi g‘alaba futbolchilarning ruhiy holatlari uchun qanchalar muhim edi?
— “Navbahor” ustidan qozonilgan g‘alaba qandaydir ma’noda yigitlarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tgan bahsda ham yigitlarning yaxshi o‘yin ko‘rsatgan joylari bo‘ldi. Mag‘lub bo‘lganingizdan keyin, istaysizmi, yo‘qmi, ishonch biroz yo‘qolib qoladi. G‘alaba esa ishonch olib kiradi. Bu chempionat bo‘ladimi yoki kubokmi, farqi yo‘q. Bugungi yutuq yigitlarning ruhiy holatlariga ijobis ta’sir ko‘rsata oladi.

— Bugungi bahsda futbolchilaringiz oddiy vaziyatlarda ham yerga yiqilib olishganini qanday izohlaysiz?
— Qaysi vaziyatlarda? Demak, og‘rigandir, kimdir tepgandir, joni og‘rigandir. Yigitlarimda men simulyasiya holatlarini ko‘rmadim. Balki, ba’zi joylarda qo‘pollik bo‘lgandir. Balki, jarima zarbasiga mos bo‘lmagan kontakt bo‘lgandir. Namangandagi o‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz, u yerda “Navbahor” futbolchilariga ikki marta qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi. Golban jarima maydonchasi ichida futbolchimizni qo‘li bilan urgan joyi bor. Boltaboyev birinchi bo‘limda futbolchimizni ikki martalab tepgan joyi bor. Hozir ham o‘sha futbolchilarning oyog‘i shishib ketgan. Hech kim indamadi. Nima qilish kerak? Bugungi o‘yinda hakam barcha vaziyatga yaqin bo‘ldi. Boriga chaldi, yo‘g‘iga o‘yin berdi. Umuman olganda, men kurashlarga beradigan qarorlar tarafdoriman. Yoshlarimiz o‘ynagan jahon chempionatiga qaraydigan bo‘lsak, u yerda hakamlar kurashlarga berishmoqda. Bizda ham shunday bo‘lishi kerak. Chunki biz kelgusida terma bilan musobaqalarga borsak, bunday holatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Lekin qo‘pollikka yo‘q. “Navbahor” bilan Namangandagi o‘yinda raqibimiz qo‘pol o‘ynadi, jarohatlar bo‘lishi ehtimoli katta edi. Buning ortidan futbolchilar nafaqat ruhan sinishi mumkin, balki, keyinchalik termadagi kelajagiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Albatta, bu futbol. Biroq hakamlar qo‘pollikni ham, o‘yinga berish kerakligini ham bilishi kerak. Bu ularning saviyasini bildiradi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:43, 03.06.2023.
O'qildi: 4800 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.