Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Mikel Arteta: «Siti» bizdan ancha kuchli edi...»

Mikel Arteta: «Siti» bizdan ancha kuchli edi...»

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta hozir ham o‘zi, ham jamoasi uchun ulkan ijobiy lahzalarga to‘la mavsum-2022/2023 haqida o‘ylab, yozda qanday yangiliklarga qo‘l urish mumkinligini o‘ylayotgan bo‘lsa, ajabmas.

Ha, ispaniyalik mutaxassis jamoasi mavsumning katta qismida muqarrar chempiondek ko‘rindi, biroq yakunda hammasi boshqacha tugadi. Qisqasi, «kanonirlar» orada bir necha qiyin haftaga yuz tutishdi va dahshatnamo «Manchester Siti» oxir-oqibat, jadvalda «to‘pchilar»ni ortga surib, qatorasiga 3-marta chempionlikni tantana qildi. «Arsenal»ga quvnoqlikni qaytargan Arteta endi butun chempionat masofasini yaxlit holda chuqur tahlil qilishi aniq. Lekin u hozirning o‘zida xulosa chiqarmoqda: «Arsenal»ning ham maydon, ham uning tashqarisida erishgan ajoyib yutuqlari - hamma uchun katta «syurpriz». Yosh murabbiy bu borada haq. Zero, «kanonirlar» o‘tgan yilning avgust oyida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin bilan startga chiqqan pallada hech kim ulardan bunday yorqinlikni kutgan emasdi.

- Janob Mikel, aytingchi, jamoangiz joriy mavsum muvaffaqiyatga erishdimi yoki omadsizlikka yuz tutdi?

- Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini finishga 5-6 tur qolgan palladayoq rasmiylashtirdik va turnir jadvalida 2-o‘rinni band etdik. Asosiysi, ko‘plab futbolchilarni tarbiyaladik, ularni yangi darajaga olib chiqdik. Qisqasi, yigitlarimiz jamoa qatori o‘sishdi va ulkan natijaga katta hissa qo‘shdilar. Shuningdek, muxlislarimiz bilan ham kuchli munosabat o‘rnatdik, o‘rtadagi aloqalarni rivojlantirdik, jamoa atrofida o‘ziga xos muhit yaratdik. Oddiy aytganda, jamoa ega bo‘lgan imkoniyatlar, qobiliyatlar va resurslarni hisobga olsak, mavsum kutilganidan ko‘proq ijobiy holatlar taqdim etganini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, ishtirokimiz muvaffaqiyat iborasini ishlatishga arziydi. Hammasi qaysi nuqtai nazardan baho berishga bog‘liq. Naq 248 kun davomida APL turnir jadvali cho‘qqisida turib, yakunda chempionlikdan mosuvo qolganimiz esa, vaziyat taqozosi. Tan olish kerak, «Siti» bizdan ancha kuchli ekanligini isbotladi. Ha, shuncha yurish yakuniy g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Qo‘ldan kelganicha harakat qilganimiz o‘z-o‘zidan tushunarli, faqat yakunda bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydik va ular qimmatga tushdi. Ammo haqiqat shuki, hammadan tabrik olishga haqli bitta jamoa bor - «Manchester Siti». Shuningdek, Xosep Gvardiola va uning shtabi ham qutlovlarga munosib. Butun chempionat masofasini olsak, «shaharliklar» bizdan izchilroq ko‘rindilar. Shunday ekan, «Siti»ni samimiy tabriklash kerak, shuning barobarida raqib mavsum davomida bajargan ish ko‘lamidan xulosa olib, o‘z ritmingizni yanada yaxshilash, oqsagan jihatlarni to‘g‘rilash haqida bosh qotirish muhim. Futbol talabi oddiy - yangi darajaga ko‘tarilishni istaysizmi, marhamat, o‘z o‘yiningizni imkon qadar kuchaytiring.

- Chempionlikdan mosuvo qilgan eng og‘riqli burilish nuqtasini ayta olasizmi?

- «Enfild»da 2:0 hisobida oldinda bora turib, 90-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardik - alamli durang. Shundan so‘ng «Vest Xem»ga qarshi uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida 2ta gol urdik, davomi penalti, yana alamli yakun. «Sautgempton» bilan bahsda esa avvaliga 2ta gol qo‘yib yubordik, shunga qaramay, g‘alabaga juda yaqin keldik, amalda esa 3:3 hisobiga ko‘ndik. Oxir-oqibat, «Siti»ga qarshi o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Qaytaraman, raqib bizdan ancha kuchli edi. Orqaga nazar tashlasak, agar «Enfild»da g‘alaba qozonib, «Vest Xem» va «Sautgempton»dan ustun kelib ham, 2-o‘ringa tushishimiz mumkin edi. Oxir—oqibat, chempionlikka intilgan jamoa asosiy raqib bilan yuzma-yuz kelganida, uni yengishi shart. Chunki bunday o‘yin bahosi 6 emas, 12 ochkoga teng bo‘ladi ba’zan.

- Xo‘sh, yozda tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratasizmi?

- O‘ylaymanki, hozir sayohat boshida turibmiz. Birinchidan, ajoyib poydevor bor, ikkinchidan, raqobatbardoshlik sifati oshdi, chindan ham. Endi qayta tiklanish tugmachasini bosish va barchasini yangitdan boshlash talab etiladi. Maydonda yanada tezroq harakatlanishimiz, qat’iyatni oshirishimiz, shafqatsizroq bo‘lishimiz kerak. Chunki hozir daraja o‘lchovi ancha katta, maydon esa juda kichik. Shuning uchun o‘yinga aql bilan yondashish ham o‘ta muhim.

«ARSENAL» RAHBARIYATI ARTETADAN MAMNUN

London klubi Mikel Artetaga maoshi oshirilgan yangi shartnoma taklif qilishga ulgurdi. Football Transfers xabarida aytilishicha, «kanonirlar» ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlik muddatini 2028 yilning iyunigacha uzaytirish niyatidalar. Aytish joiz, Artetaning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Demak, rahbariyat bosh murabbiy ishidan mamnun. Ma’lumot uchun, Arteta «Arsenal» boshqaruvini 2019 yilning dekabrida qo‘lga olgandi. «Kanonirlar» joriy mavsum uning qo‘l ostida APLda 2-o‘rinni naqd qilib, 7 yillik tanaffusdan so‘ng CHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:45, 03.06.2023.
O'qildi: 1888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.