Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ronaldu padel o‘ynadi

Ronaldu padel o‘ynadi

Baho:
+ | -

“An-Nasr” hujumchisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu kecha, 3 iyun kuni Singapurdagi “Viktoriya Junior” sport kollejida talabalar bilan tennis o‘ynadi. Bu haqda u o‘zining Instgaram sahifasida ma’lum qildi.

Futbolchi u yerga uzoq yillik do‘sti va xayriyachi Peter Lim tomonidan moliyalashtirilgan 2 ta yoshlar stipendiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun borgan. Mazkur stipendiya 2011 yildan 2022 yilgacha 54 sport turi bo‘yicha 4402 nafar talaba-sportchilarga ajratilgan. Peter Lim bu uchun o‘z cho‘ntagidan 9,2 million AQSH dollari sarflagan.

Ronaldu tashrif chog‘ida Singapur madaniyat, jamiyat va yoshlar vaziri Edvin Tong va kadrlar vaziri Tan Zee Leng bilan uchrashishdan oldin ikki talabaga qarshi tennis musobaqasida ham qatnashdi.

“Unga qarshi o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritish men uchun aql bovar qilmaydigan natija. U meni juda ilhomlantiradi va bu meni mashg‘ulotlarda yaxshiroq ishlashga undaydi”, deydi Ronaldu bilan raqobatlasha olgan 17 yoshli Praksheta Kuppusami.

Shunindek, tashrif davomida Krishtianu va talabalar o‘rtasidagi savol javoblarga ham vaqt ajratildi. Futbolchi bilan suhbatlashish maqsadida kelgan mingdan ortiq talabalar 10 daqiqa ichida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Ronaldu talabalardan birining “2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etasanmi yoki yo‘q?”, degan savoliga ham javob berdi.

“Birinchidan, men keyingi mavsumda Yevropada o‘ynashni xohlayman. Qolganini esa vaziyatning o‘zi sizga ko‘rsatib beradi”, deya javob berdi Krishtianu. 

Ta’kidlash joiz, bu yanvar oyida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga 200 million AQSH dollari evaziga ko‘chib o‘tgan 38 yoshli Ronalduning Singapurga so‘nggi o‘n yil ichida beshinchi marta borishi hisoblanadi.

Kiritildi: 16:27, 04.06.2023.
O'qildi: 2047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик