Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Barselona»ni mag‘lub etgan «Selta» La ligada jon saqlab qoldi (videosharh)

«Barselona»ni mag‘lub etgan «Selta» La ligada jon saqlab qoldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida "Barselona" klubi Vigo shahrida "Selta" mehmoni bo‘ldi. Bu suv va havodek ochkoga muhtoj bo‘lgan mezbonlar g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

"Selta" yarim himoyachisi Gabriel Veyga bahsning 42-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqada uning o‘zi farqni ikkitaga oshirdi. O‘yin tugashiga 11 daqiqa qolganida esa Ansu Fati bitta javob to‘pini kiritdi.

Shu tariqa, "Selta" o‘z ochkolarini 43 taga yetkazdi va La ligada qolish vazifasini uddaladi. "Barsa" esa mavsumni 88 ochko bilan yakunladi.

Ispaniya chempionati, 38-tur
Selta – Barselona 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 42 Veyga, 2:0 – 65 Veyga, 2:1 – 79 Fati.
Selta – Vilyar, Mingesa (Vaskes, 67), Nunyes, Dominges, Galan, Oskar Rodriges, Beltran, Veyga (Servi, 71), De La Torre (Tapiya, 70), Karles Peres, Seferovich (Aspas, 78).
Barselona – ter Stegen (Penya, 63), Serji Roberto, Kristensen (Gavi, 46), Kunde, Alonso, Erik Garsiya (Torre, 72), Kessie, de Yong, Rafinya (Dembele, 63), Ferran Torres (Fati, 63), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Ferran Torres (55), Rafinya (62), Servi (81), Tapiya (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:04, 05.06.2023.
O'qildi: 27030 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик