Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"Roma" Abraxam o‘rniga Ikardini olib kelishi mumkin

"Roma" Abraxam o‘rniga Ikardini olib kelishi mumkin

Baho:
+ | -

“Roma” Temmi Abraxam o‘rniga Mauro Ikardini sotib olishi mumkin.

Abraxam A Seriyaning so‘nggi "Spesiya"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Hujumchi o‘yinning 80-daqiqasida almashtirildi - uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.

Sky Sport nashriga tayanib, Daily Mail xabariga ko‘ra, Abraxamning tizzasida xoch buragi yirtilgan. Taxminlarga ko‘ra, hujumchi noyabr oyidan ertaroq safga qaytishi kutilmoqda.

Football Italia xabariga ko‘ra, "Roma" "Galatasaroy"da "PSJ"dan ijara asosida to‘p tepayotgan Mauro Ikardini Abraxamning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2013 yildan 2019 yilgacha Ikardi “Inter” tarkibida to‘p surgan, keyin u yerdan ijara asosida “PSJ”ga o‘tgan.

2022/23 yilgi mavsumda argentinalik hujumchi Turkiya chempionatida 24ta o‘yin o‘tkazib, 22ta gol urgan.

Kiritildi: 06:12, 07.06.2023.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.