Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Kazemironing «MYU»da ochilgan yangi qirralari haqida (video)

Kazemironing «MYU»da ochilgan yangi qirralari haqida (video)

Baho:
+ | -

Kazemiro 2022/23 mavsumda barcha musobaqalarda 7 gol va 6 assistni amalga oshirdi. Angliyadagi ilk mavsumida. “Real” faoliyatidagi bu borada eng zo‘r mavsumdan (2020/21 – 7+5) ham ko‘proq. Bu faqat raqamlarda.

Klublar miqyosida barcha sovrinni bir necha marta yutgan Kazemiro “MYU”ga o‘tib, “yangi chaqiriqlar uchun tayyor ekanini” aytganida, biroz g‘alati eshitilgan – yana nimaga erishish mumkin?

Ammo iloji bor ekan. Kazemiro “MYU”dagi faoliyati davomida shu paytgacha ochilmagan, balkim soyada qolgan, balkim e’tiborga olinmagan qirralarini ochdi. Ishi markazda raqibga halaqit berish va to‘pni egallaganda Modrich yo Kroosning eng yaqinda turganiga to‘pni yetkazish, ba’zida standart va uzoq masofalardan zarba berish bo‘lgan Kazemiro aslida yanayam serqirra futbolchi ekan. U o‘yin tempini boshqarishda, hujumlarni boshlashda, yakuniy pasda, ikkinchi tempda, qisqa qilib aytganda, to‘p nazoratida ham muhim figura bo‘la olar ekan. “Real”da tabiiyki, bu borada kuchliroq bo‘lgan Modrich va Kroos oldida sezilmagan, “MYU” esa, Kazemirosiz umuman boshqa, eski jamoaga aylanib qolaverdi.

“Real”da ham Kazemironing yo‘qligi biror o‘yin oldidan muammo sifatida ko‘p aytilardi, ammo markazdagi boshqa futbolchilar himoyalanishda qiynalib qolishlari mumkinligi nuqtai nazaridan.

Aytishlaricha, Kazemiro “MYU” bilan uch oy davomida muzokaralar olib borgan. Bir necha marotaba videoqo‘ng‘iroq orqali gaplashishgan. Mavsum boshida “Yunayted” avval “Brayton”ga 1:2, keyin esa, “Brentford”ga 0:4 yutqazgach, klubdagilar Kazemironing aynib qolishidan qo‘rqishadi. “Brentford” bilan o‘yinni Ispaniyada televizorda tomosha qilgan Kazemiro esa, darhol agentiga telefon qiladi: “Ularga ayt, men buni tuzataman”

“MYU” esa, balkim o‘zi bilmagan holda,  maydon markaziga yordam berishi mumkin bo‘lgan futbolchinigina emas, haqiqiy yetakchini sotib oldi.

Videodagi no look pass ga qarang. Bu – yangi Kazemiro.


Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 16:50, 08.06.2023.
O'qildi: 23540 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик