Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Aguero: "Chempionlar ligasi finali oldidan biroz asabiylashyapman"

Aguero: "Chempionlar ligasi finali oldidan biroz asabiylashyapman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero ertaga bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalidan umidlari bilan o‘rtoqlashdi, unda "shaharliklar" Istanbulda "Inter" bilan o‘ynaydi.

“Chempionlar ligasi finali oldidan biroz asabiylashyapman, ammo “Manchester Siti”ga ishonaman. Jamoa ajoyib o‘ynamoqda, endi so‘nggi qadamni tashlash kerak. Yaxshi o‘yin rejasi va har tomonlama ajoyib o‘yin kutaman. Bu futbol, hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘ylaymanki, jamoa kerakli natijaga erishish uchun to‘g‘ri yo‘lda", - deya Agueroning so‘zlarini keltiradi "Manchester Siti" rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" o‘z tarixlarida hech qachon Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishmagan.

Kiritildi: 17:17, 09.06.2023.
O'qildi: 1264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик