Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Vadim Abramov: «Kojo bizni ko‘p qutqargan, bugun omadi chopmadi, bu futbol. Yigitlar 10 kishi bo‘lib, o‘yinni qutqara olishdi»

Vadim Abramov: «Kojo bizni ko‘p qutqargan, bugun omadi chopmadi, bu futbol. Yigitlar 10 kishi bo‘lib, o‘yinni qutqara olishdi»

Baho:
+ | -

Pro liga 11-turi doirasidagi «Dinamo» — «Sho‘rtan» (1:1) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

— O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Markaziy himoyachimiz qizil kartochka olib, qiyin bahsda bizga pand berdi. Raqib jarima zarbasidan hisobni ochganidan keyin ham, oddiy vaziyatda bir kishi kam bo‘lib qolish vaziyatni yanada qiyinlashtirdi. Biz bu borada chora ko‘ramiz.

Shunga qaramay, yigitlar borini berib harakat qilishdi, hisobni tenglashtirishdi, o‘yin yakunida esa g‘alabani ilib ketishimiz ham mumkin edi. Bunga so‘nggi daqiqalarda imkoniyat bo‘ldi. Ammo... Bugun 2 ochko yo‘qotdik.

— Bu o‘yingacha ketma-ket 3 futbolchi diskvalifikasiya sababli o‘yinni o‘tkazib yubordi, bugun esa yana bir o‘yinchi maydondan chetlatildi. Jamoada intizom masalasida muammolar bor deb o‘ylamaysizmi?
— Jamoada intizom joyida, hamma gap maydondagi qo‘pol harakatimizda va biz bu borada oqsayapmiz. O‘yin qoidasini buzgach, sariq kartochka berilishi ba’zida mahoratning yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bizdagi muammo shu bilan bog‘liq.

— Qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqadagi penalti haqida. Kojo Joel ertaga Qirg‘iziston milliy jamoasi ixtiyoriga yo‘l olarkan...
— Bu – futbol. Hamma ham xato qilishi mumkin. Kojo bugun ham gol urishni istagandi, ammo omadi chopmadi. Joel mavsum davomida bizni juda ko‘p marta qutqargan, bugun esa omadi kelmadi. Futbolda ro‘y berib turadi.

Umuman olganda, futbolchilar ishtiyoqidan qoniqdim, mehmon jamoa yo‘q joydan gol kiritib ketgach, hammasi o‘zgarib ketdi. Biz shoshilishni boshladik. Markazda ham 3 futbolchi yo‘qligi o‘yinimizga ta’sir qildi. Biz deyarli yarimhimoyasiz qolgandik.

— Ammo zaxiradan tushirilgan o‘yinchilar (Nasimov, Isroilov, Boydullayev, Kozimov, Malikov) o‘yinni kuchaytira olishdi, jamoa 10 kishi bo‘lib ham raqibdan to‘liq ustunlik qilib, g‘alabaga yaqin qolgandi...
— Ha, tarkibdagi o‘zgarishlardan keyin jamoa hujumkor o‘ynadi. To‘g‘ri, zaxiradan hammani ham tushira olmaymiz, ammo tushgan har bir o‘yinchida ham ishtiyoq kuchli edi. Shu bois 10 kishi bo‘lib, o‘yinni qutqara olganliklari uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirish kerak. Yutishimiz ham mumkin edi.

— Komil Sharofutdinov o‘tgan o‘yinda jarohat olib, bugun tarkibga kiritilmadi. Uning holati haqida ma’lumot bersangiz?
— Afsuski, u mavsum oxirigacha bizga yordam bera olmasligi mumkin. Komilni tez orada jarrohlik amaliyoti kutmoqda, — deydi Vadim Karlenovich.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 00:05, 12.06.2023.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.