"Roma" hujumchisi Paulo Dibala klubi rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi maoshi yiliga 6 million yevrogacha oshirish bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolashi mumkin.
"Roma" yangi shartnomada istalgan xorij klubi faollashtirishi mumkin bo‘lgan 12 million yevrolik tovon pulini olib tashlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Dibala o‘tgan yozda "Yuventus"dan tekinga "Roma"ga o‘tgan edi. Rimliklar safidagi debyut mavsumida argentinalik futbolchi A Seriyada 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.