Tahminlarga ko‘ra, Messining MLSga o‘tishi AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish maqsadida ekanligi aytilmoqda. Bu transfer nafaqat "Inter Mayami" balki mamlakat chempionati uchun ham foydali katta reklama. Shimoliy Amerikada boshqa sport turlaridan farqli futbolning obro‘si ancha past.
Shartnoma
Xabar qilinishicha, Messi PSJda 45 million dollar ishlab olgan. MLSda maosh bo‘yicha qat’iy cheklovlar mavjud. Ligada bir futbldchi uchun katta summadagi maosh to‘lanmagan. Ammo AQSH advokatlar mamlakati, bunday qat’iy cheklovlarni chetlab o‘tadigan sxemalar o‘ylab topilgan.
Shartnoma 125 milliondan 150 million dollargacha, harajatlar bilan esa 2026 yilgacha uzaytirilishi taxmin qilingan. Bundan tashqari turli xil bonuslar va qo‘shimcha mukofotlar taqdim etiladi. Ushbu transferga Apple hamda Adidas liganing yirik hamkorlari aralashgan. Yana qaytariladiki Messining MLSga kelishi faqatgina "Inter Mayami" uchun emas, balki liganing foydasi uchun xizmat qiladi.
Hatto, Messining MLSga o‘tishi haqidagi xabar ham ertasi kuni Apple Leoning Jahon chempionatlaridagi sarguzashtlari haqidagi 4 qismli filmni e’lon qilganidan keyin paydo bo‘ldi. Bu albatta marketing.
Tahminlarga ko‘ra, Messining MLSga o‘tishi AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish maqsadida ekanligi aytilmoqda. Bu transfer nafaqat "Inter Mayami" balki mamlakat chempionati uchun ham foydali katta reklama. Shimoliy Amerikada boo‘qa sport turlaridan farqli futbolning obro‘si ancha past.
CHM-2022 v Katare: Ziko raskritikoval kapitana sbornoy Argentini Lionelya Messi — chto sluchilos, podrobnosti, reaksiya - Chempionat
Shartnoma
Xabar qilinishicha, Messi PSJda 45 million dollar ishlab olgan. MLSda maosh bo‘yicha qat’iy cheklovlar mavjud. Ligada bir futbldchi uchun katta summadagi maosh to‘lanmagan. Ammo AQSH advokatlar mamlakati, bunday qat’iy cheklovlarni chetlab o‘tadigan sxemalar o‘ylab topilgan.
Shartnoma 125 milliondan 150 million dollargacha, harajatlar bilan esa 2026 yilgacha uzaytirilishi taxmin qilingan. Bundan tashqari turli xil bonuslar va qo‘shimcha mukofotlar taqdim etiladi. Ushbu transferga Apple hamda Adidas liganing yirik hamkorlari aralashgan. Yana qaytariladiki Messining MLSga kelishi faqatgina "Inter Mayami" uchun emas, balki liganing foydasi uchun xizmat qiladi.
Hatto, Messining MLSga o‘tishi haqidagi xabar ham ertasi kuni Apple Leoning Jahon chempionatlaridagi sarguzashtlari haqidagi 4 qismli filmni e’lon qilganidvn keyin paydo bo‘ldi. Bu albatta marketing.
Debyut
Messining "Inter Mayami"dagi debyuti qachon bo‘ladi? OAVdagi ma’lumotlar boshqacha, lekin ko‘pchilik 21 iyulda sodir bo‘lishini aytmoqda. Yana bir necha sanalar taxmin qilingan. E’tiborlisi, MLSning joriy mavsumi 21 oktyabrda tugaydi, pley-off esa, 25 oktyabrdan 9 dekabrgacha davom etadi.
21 iyul sanasi ehtimolga juda yaqin. Chunki, Meksika va Amerika jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Liga kubogida shu kuni "Inter Mayami" "Kruz Azul" bilan to‘qnash keladi. 19 iyulda esa, MLS yulduzlari va Londonning "Arsenal" klubi o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yinda Messi maydonga tushmas, ammo Leoning taqdimotini o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyat.
Sabab
Messiga 2018 yilda ham MLSdan taklif kelib tushgan. O‘shanda "Inter Mayami" ligadagi 25-franshizaga aylangan edi va Leo birinchilardan bo‘lib Bekxemni tabriklab: "Ehtimol, bir necha yildan so‘ng aloqaga chiqarsiz", deb ta’kidlagandi. Qarabsizki, shunday ham bo‘ldi. Ba’zi ijobiy shartomalar sababli Messi MLSda. Bu esa uzoq yillik mashaqqatli mehnat samarasidir.
2010 yilda MLS komassari Don Garber uning maqsadi 2022 yilga borib ligani dunyodagi eng mashxur va taniqli chempionatga aylantirish ekanligini aytgandi.
Otes Messi provyol peregovori s klubom, kotorim vladeet Bekxem - Chempionat
Jamoa
Qizig‘i shundaki, Mesining "Inter Mayami"ga o‘tishi haqida gap ketganda ko‘pincha sport komponentlari e’tiborga olinmaydi. Shartnoma, maosh, ligp marketing va hattoki turli lagerlardagi muxlislarning emosional reksiyalari haqida ko‘p gapiriladi. Messining personal muxlislaridan tortib, "Barselona", PSJ va Yaqin Sharqdagi muxlislargacha.
Sport borasida Messi "Inter Mayami"ga juda foydali bo‘ladi, chunki bu jamoa joriy mavsumda 16 uchrashuvda atigi 15 ochko to‘plagan. 5 ta g‘alaba va 11 mag‘lubiyat hamda 15 ta gol. Bu natija bilan Sharqiy konferensiyadagi so‘nggi o‘rinda. Bunday holatda super qahramongina klubni qutqara oladi. Aslida esa, hammasi unchalik ham qo‘rqinchli emas. Muntazam mavsum yakuniga 12 ta o‘yin qoldi va "Inter Mayami" kuchli yettilikdan 6 ochko ortda qolgan taqdirda ham pley-offga yo‘l olishi mumkin.
Sostav Inter Mayami – s kem budet igrat Messi, naparniki i odnoklubniki Leo Messi v MLS
Devid Bekxem
MLS Yevropa yulduzlari yordamida ligaga e’tibor qaratish maqsadida jekpotni bir necha bor qo‘lga kiritdi. Zlatan Ibragimovichning "Los Anjeles Geleksi" safarini eslash mumkin. Ammo bundan oldinroq 2007 yilda bomba xabar xuddi shu klubga Devid Bekxemning o‘tishi edi. O‘shanda ingliz futbolchisi tomnidan MLS klubini sotib olish muhokama qilingan.
Messini jalb qilishda homiylarning hissasi katta. Ammo Bekxem va Messi o‘rtasida ancha aloqalar bor. Garchi ular birga o‘ynamagan bo‘lsa ham. Ular Adidas'ning turli homiylik tadbirlarida muntazam ravida uchrashishgan, chunki har ikkalasi "yulduzlar to‘plami"ning asosiy figuralaridir. Shuningdek, ular PSJ egalik qiluvchi va Bekxem bilan ishlagan QSI Qatar jamg‘armasining tadbirida ham kesishgan. Maydonda bo‘lmasa ham hayotda ikkisi o‘rtasida yaxshigina aloqa bor.
Klub egalari
Mulkchilik tuzilishi haqidagi ma’lumotlardan to‘liq xabardor bo‘lmasdan "Inter Mayami"ni Bekxemga tegishli deyiladi. Xo‘sh rostdan ham shundaymi? Haqiqatdan ham afsonaviy futbolchi uchta hammuallifdan biridir. Uning figurasi qolganlardan ko‘ra mashhurroq, marketing taraflama ham Devid yetakchi. Qolgan ikki muallif, aka-uka Xorxe va Xose Mas. Xorxe milliarder va biznesmen sifatija tanilgan, ukasi bilan birgarikda Mas-Tec yirik infratuzilma korporasiyasini boshqaradi.
Shov-shuv
Messining MLSga kelishi haqidagi xabar amerikalik futbol ishqibozlari e’tiboridan chetda qolmadi. "Inter Mayami"ning uy va safar o‘yinlari uchun barcha chiptalar, hatto, Messi qachon o‘ynashi aniq bo‘lmagan o‘yinlar chiptalar ham sotib bo‘lindi. Misol uchun, "Kruz Azul" bilan yuqorida aytib o‘tilgan o‘yinda chipta narxi 29 dollardan 329 dollarga ko‘tarildi. 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan "Nyu York Red Bulz" bilan mehmondagi o‘yini uchun chipta narxi 1236 foizga, "Los Anjeles" bilan sentyabrdagi safar uchrashuvi uchun esa 420 foizga qimmatlashgan.
Sovrin
AQSHda sport ligalarini tashkil etishda mutasaddilarning yondashuvini belgilovchi asosiy mexanizmlardan biri bu musobaqaga bo‘lgan qiziqishni saqlab qolish va maksimal intrigani ta’minlashdan iborat. Demak, "Inter Mayami" oddiy mavsumda so‘nggi o‘rinda bo‘lsa ham, Messi bilan birinchi mavsumdayoq chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.
Ketma-ket bir necha yaxshi o‘yinlar klubni pley-offga olib chiqishi mumkin va u yerda muntazam chempionat muammolari hech kimga ta’sir qilmaydi. "Sinsinatti" bilan o‘yin 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi, bu vaqtgacha Messi asosiy tarkibda o‘ynashi mumkin. Demak, Leoda Qo‘shma Shtatlarda birinchi yildayoq sovrin yutish imkoni bor. Ko‘ramiz, kuzatamiz...