Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

"Manchester Yunayted" Kilian Mbappe bilan qanday tarkibga ega bo‘ladi? Buni uchta sxemada ko‘rib chiqamiz

"Manchester Yunayted" Kilian Mbappe bilan qanday tarkibga ega bo‘ladi? Buni uchta sxemada ko‘rib chiqamiz

Baho:
+ | -

"MYU" uchun ushbu yoz juda ham qizg‘in kechishi taxmin qilingan. Negaki, klub asosiy tarkibni kuchaytirib olishi lozim. Erik ten Xag maydonning qaysi qismi, nisbatan zaif ekanini yaxshi biladi. Shu sababdan tezda harakat boshlash lozim. Jamoaga eng kerak bo‘lib turgan aplua bu hujumchidir. Markaziy hujumchi muammosi "qizil iblislar"ni Ronaldu ketganidan buyon qiynab kelmoqda. Bu masalani yechimi esa yuqori darajaga ega strayker bilan yakun topadi. "PSJ" yulduzi Kilian Mbappe o‘z jamoasida bir mavsumdan ortiq qolmasligini bildirganidan keyin, aytish mumkinki, mankunianliklarning ham "paytavasiga qurt tushdi".

24 yoshli super-yulduz Pari Sen-Jermen rahbariyatiga o‘z istaklarini rasmiy ravishda bayon qilish maqsadida maktub yo‘lladi. Keyin esa omma oldida ham o‘zining ketish niyatini ochiq bildirdi. Bu haqida futbolchining o‘zi shunday deydi:
"Men shundan beri "PSJ" bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmadim. Rabariyat mening 2024 yilning yozidan uyog‘iga jamoada qolmasligim haqida xabardor qilingan. Shu sababdan ularga rasmiy xat ham jo‘natilgandi".
Garchand Mbappe o‘z Twitter sahifasida parijliklar safida keyingi yozga qadar qolishini ta’kidlagan bo‘lsa ham, uning yangi klubga o‘tishi bilan bog‘liq mish-mishlar tinmayotir. Uning ehtimoliy manzillaridan biri sifatida "Manchester Yunayted" qayd etilmoqda. Agarda shunday bo‘lsa, u Markuz Reshford bilan dahshatli juftlik hosil qiladi.

Erik ten Xag "MYU" rahbariyatiga o‘ziga kerakli futbolchilarni olib berishni talab qilib kelmoqda. Niderlandiyalik mutaxassisning ko‘nglidagi tarkib bunyod bo‘lsa, yangi mavsumdan "qizil iblislar" ham chempionlik uchun kurashga kirishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa Mbappe kabi futbolchilar zarur. Shuningdek, yangi yarim himoyachi, markaziy himoyachi va darvozabon ham talab etiladi.

David De Xea iyun oxirida erkin agentga aylanishi ehtimoli bilan "MYU" bir nechta darvozabon variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ular ichida "Portu"posboni Diyegu Koshta va "Everton" sardori Jordan Pikfordlar bor. Bu nomlarning har ikkisini ham De Xeadan ko‘ra oyoqda yaxshi o‘ynashini alohida ta’kidlash joiz.
Himoyada ham yangi nomlar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Shulardan biri "Napoli" yulduzi Kim Min Jedir. U Rafael Varanning o‘rnini egallashi va Lisandro Martines bilan tandem hosil qilishi mumkin. 
Yarim himoyaga Meyson Maunt xarid qilinishi kutilmoqda. U Kristian Eriksen va Brunu Fernandeshni rotasiya qilishda asqotadi. Hujum chizig‘iga Mbappe kabi moslashuvchan, har uch pozisiyada o‘ynay oladigan futbolchining kelishi, ten Xag jamoasining hujumiga dinamizm qo‘shishi muqarrar. Shunday holda hujum markazida Mbappe uning chap tomoni Reshford, o‘ng tomoni esa Antoni yoki Sancho bilan to‘ldiriladi. Ikkinchi variantda Reshford va Mbappe o‘rni almashadi. Yoxud ten Xag faqatgina Reshford va Mbappedan oldingi chiziqda foydalanadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:55, 15.06.2023.
O'qildi: 6637 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.