"Barselona" ustozi Xavi jamoa tarbiyalanuvchisi Alesh Garrido haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Alesh "Barsa"da shakllangan. Menga uning uslubi yoqadi. Texnik jihatdan u tug‘ma qobiliyatga ega. Shu sababdan uni asosiy jamoada maydonga tushirdim. Agarda jarohati bo‘lmaganida edi, u avvalroq ham maydonga tushishi mumkin bo‘lardi. U kabi yoshlarga tarkibda imkon berishga harakat qilamiz".